6-mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy faoliyati. Reja
Download 54 Kb.
|
6 Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- -musiqiy didaktik o`yinlar
- -musiqiy ritmik xarakatlar
- -bolalar musiqiy cholg`u asboblarida ijro qilish
- - Musiqiy drammatizasiya
-musiqa tinglash.Xar bir bolaning musiqa tinglash madaniyatini shakllantirish va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.Bola,avvalomusiqani idrok etishi so`ngra unga mos xarakatlarni bajaradi;
-raqs ijrochiligi.Musiqiy ritmik xarakatlarni xamda raqs elementlarining o`zaro o`xshash va o`ziga xosligini birdan bo`lmasada sekin – asta yillar davomida anglab boradi; -musiqiy didaktik o`yinlar.Tarbiyalanuvchini tez fikrlab,tez xulosa chiqarishga undab,zehn,faxm-farosatining shakllanishiga,rivojlanishiga yordam beradi. -Musiqa savodi.Musiqa mashg`ulotlarida bolalar qo`shiq kuylash,musiqa tinglash bilan birga qo`shiqlar musiqiy asarlarning tuzilishi, tempi, xarakteri, ladi, kuyi, ritmi, tovush balandligini ham ongli ravishda anglashlari lozim.Bu ularning aqliy salohiyati,musiqiy uquvi,xotirasi,nutqi,ongi va bilimini oshiradi; -musiqiy ritmik xarakatlar.Milliy ruhni o`zida aks ettirgan xalq qo`shiqlari,laparlari,bolalarning olamni badiiy his etishlariga,zavqlanishlariga yordam beradi.Musiqiy obrazlarga muvofiq turli xarakterdagi xarakat va raqslarni, turli obrazlarni tasvirlash muhim ahamiyat kasb etadi.Ritmik xarakatlar musiqiy qobilyatni shakllantirish va rivojlantirishda juda muhimdir.Musiqiy- ritmik xarakatlar bolalar ruhiyatiga,musiqiy asar mazmunini va kayfiyatini singdiradi,bu bolalarning jismoniy sog`lom bo`lishlariga ham ijodiy ta`sir ko`rsatadi; -bolalar musiqiy cholg`u asboblarida ijro qilish, musiqa mashg`ulotlarida eng qiziqarli, barcha bolalar sevib qatnashadigan faoliyat turidir.Bolalar musiqa cholg`u asboblari orqali jonli ijro har qanday bolani o`ziga jalb etadi.Ularning musiqaga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshiradi,ritm tuyg`usi,musiqiyuquvi,musiqiy xotirasini mustahkamlaydi.Kichkintoylarda ajablanish,zavqlanish,hayratlanish,quvonish kabi ruhiy holatlarni vujudga keltiradi. - Musiqiy drammatizasiya bolalar ijodining keng tarqalgan turi bo’lib,bola uchun nixoyatda foydali jixatlari shundan iboratki;qo`shiq so`zlari,musiqiy – ritmik xarakatlarni bajarish bilan fikr xilma – xil ko’rinishda insho,niqob improvizasiyasi,kichik sahna ko’rinishida ham, tayyor adabiy materialning instsenirovkalash ko’rinishida ham namoyon bo’ladi. Bolalarni adabiy syujetlarning emotsional ichki boyligi, personajlarning muayyan harakatlari o’ziga tortadi. Download 54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling