6-mavzu. Metallarni payvandlash va kavsharlash. Reja


Download 1.63 Mb.
bet7/15
Sana17.02.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1208014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
6-mavzu. Metallarni payvandlash va kavsharlash.

72-rasm. Tokarlik keskichlarining asosiy turlari va ular yordamida bajariladigan ishlar.

18.1.Frezalash stanogining tuzilishi va ishlashi.
Frezalash stanoklarida tekis, shakl-dor yuzalarga ishlov berish, to’g’ri va vintsimon ariqchalar ochish, sirtqi va ichki rez’balar qirqish, tishli g’ildiraklar tishlarini ochish va xap xil kiyofali sirtqi va ichki yuzalarni kesib ishlash mumkin. Bunda freza deb nomlanuvchi ko’p tigli turli xildagi kesuvchi asboblardan foydalaniladi. Frezalarning turlari 72- rasmda keltirilgan TSilindrik (a), tortsaviy (b) frezalar bilan tekis yuzalarga ishlov berish, diskli (g, d) freza va yigma diskli freza (e) bilan ariqcha frezalash, kesib tushiruvchi (j) freza yordamida detallarni qirqish, barmok freza (k) yordamida vallarda shponka ariqchasini frezalash, burchak freza (v) yordamida burchakli ariqchalar ochish, T-shaklli (l) freza yordamida ariqcha ochish, ikki burchakli (m, n) freza yorda­mida burchakli yuzalarga ish­lov berish va modulli disk­li (o) freza yordamida tishli g’ildiraklarni frezalash mumkin.
Mashinasozlik sanoatida va remont ustaxonalarida eng ko’p ishlatiladigan frezalash stanoklari universal freza­lash va vertikal frezalash stanoklaridir.
Laboratoriyada 6N81 modelli universal-frezalash stanogining tuzilishi va ishlash printsipi bilan tanishib chiqiladi. Bu stanok (72-rasm) qo’yidagi asosiy qismlardan iborat: fundament plitasi (L), stanina (B), elektr dvigatel’ (V), shpindel’ (G), hartum (D), kon­sol’ (E), ko’ndalang salazka (J), ish stoli (3), burish plitasi (I), surish yuritmasining elektr dvigateli (S), opravka (L), osma (M), yo’naltiruvchi (N) va boshqarish elementlari.
Fundament plitasiga stanina o’rnatilgan bo’lib, unda elektrodvigatel’ va asosiy harakat tezliklar kutisi joylashgan.
Staninaning vertikal yo’naltiruvchilari buylab kon­sol’ siljiydi, gorizontal’ yo’naltiruvchisi buylab hartum suriladi. Ish stoli buylama yo’nalishda suriladi.
Konsolning yo’naltiruvchilariga ko’ndalang salazka o’rnatilgan bo’lib, bu salazkalar burish plitasi yordamida 45° gacha burilishi mum­kin, bu esa ish stolini gorizontal tekislikda tegishli burchak ostida o’rnatishga imkon beradi opravkaning bir tomoni shpindelga kimirlamaydigan qilib mahkamlanadi, ikkinchi uchi esa osmaga o’rnatiladi. Osmalar hartumdagi yo’naltiruvchilarga o’rnatiladi. Frezalar opravkaga o’rnatilib, vtulkalar yordamida siqib qo’yiladi. Stanokka freza o’rnatish uchun osma hartumdan bo’shatilib, undan ajratib olinadi. So’ngra vtulkalar opravkadan yechiladi va freza o’rnatiladi.
Frezalar ko’p tigli kesuvchi asbob bo’lgani uchun kesish jarayonida ancha katta kesish kuchlari hosil bo’ladi, shu sababli detallarni moslamalarga o’rnatishda mahkamlanish joyi ishlov beriladigan yuzaga yaqin (eng kiska) bo’lishi va zagotovka yetarli darajada bikr qilib makamlanishi zarur.
Ulchamlari kichik bo’lgan zagotovkalarni mashina tiskilariga mahkamlash tavsiya etiladi.
Ba’zi zagotovkalarni mahkamlash uchun kamragichlardan, kulachokli kiskichlardan, ponalardan, kisish moslamalaridan, burchakliklardan va domkratlardan foydalaniladi. Bunda ish stolidagi T shakldagi ariqchalar moslamalarni yoki sikish elementlarini stolga o’rnatish imkonini beradi.



Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling