Ishni bajarish uchun kerakli kurilma, asbob va materiallar: 1. 6N81 modeli universal frezalash stanogi; 2. SHu stanok (umumiy ko’rinishi va kinematik chizmasi) tasvirlangan plakat; 3. Turli xil frezalar; 4. Ulchov asboblari.
Ishni bajarish tartibi. Dastlab ishning maqsadi bilan tanishib chiqiladi. So’ngra plakatdan frazalash stanogining tuzilishi va qismlari ko’zdan kechiriladi.
SHundan keyin frezalarning turlari, stanokning o’zidan uning qismlari, stanokka freza o’rnatish usullari o’rganiladi. Stanokni boshqarish elementlari bilan tanishib chiqiladi va turli xil frezalarda frezalash ishlari xavfsizlik texnikasiga rioya kilgan holda bajariladi. SHundan keyin ish joyi tartibga keltiriladi va ish haqida hisobot yoziladi.
Ish haqidagi hisobotda ishdan maqsad yoziladi va universal frezalash stanogi umumiy ko’rinishining chizmasi chiziladi. CHizmada stanokning asosiy qismlari ko’rsatiladi, shuningdek freza turlarining chizmasini ham hisobotda aks ettirish lozim. Frezalash turlari, bajarilgan ish haqida xo’losa
yoziladi.
18.2. Parmalash stanogining tuzilishi va ishlashi.
75-rasm. 2A135 modelli parmalash stanogining tuzilishi
Kesuvchi asboblarning bir turi — parma yordamida ochiq yoki berk teshiklar parmalash, shuningdek, teshiklarni kengaytirish uchun mo’ljallangan stanoklar parmalash stanoklari gruppasini tashkil etadi. Bunday stanoklarda parmalash chizmasi 34- rasm, da ko’rsatilgan. Parmalash stanoklari mashinasozlik sanoatida eng ko’p tarqalgan stanoklar jumlasiga kiradi. Parmalash stanoklari vertikal-parmalash, radial-parmalash, gorizontal-parmalash (teshik kengaytirish) stanoklzriga, bir shiindelli va ko’p shpindelli yarim avtomatlarga va boshqa parmalash sta-noklariga bo’linadi. Parmalash stanoklari ichida eng ko’p tar-qalganlari vertikal-parmalash stanoklari bo’lib, ular konstruktsiyasi va gabariti jihatidan stolga o’rnatiladigan, devorga o’rnatiladigan va kolonnali bo’lishi mumkin. Stolga o’rnatiladigan stanoklar 12 mm gacha diametrli teshiklar parmalash uchun ishlatiladi. Vertikal-parmalash stanoklaridan birini — 2A135 modelli stanokni ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |