Parmalash stanoklariga oid moslama va kerak-yaroqlar.
Teshik parmalash va teshiklarga ishlov berish protsessini bajarish, zagotovka va kesuvchi asboblarni o’rnatish hamda mahkamlash uchun maxsus kerak-yaroq va moslamalardan foydalaniladi. Bunday kerak-yaroq va moslamalar jumlasiga parmalash patronlari, tsangali patron, tez almashtiriladigan patron, oraliq vtulkalar, ko’p shpindelli golovkalar, xonduktorlar va boshqalar kiradi.
Patronlar kesuvchi asboblarni mahkamlash uchun ishlatiladi. Patron esa shpindelga mahkamlanadi. Kesuvchi asbobning konussimon quyrug’i stanok shpindelidagi konussimon teshikdan kichik bo’lgan hollarda oraliq vtulkalar ishlatiladi. Konduktorlar parmani bo’lajak teshik markaziga aniq yo’naltirish uchun xizmat qiladi; konduktorlardan, asosan, seriyalab va ko’plab ishlab chiqarish sharoitida foydalaniladi.
Parmalash stanoklarida bajariladigan ishlar.
Parmalash stanoklarida teshik ochishdan tortib, teshikka ishlov berishgacha bo’lgan operatsiyalar bilan bog’liq xilma-xil ishlarni bajarish mumkin. Parmalash stanoklarida bajariladigan ishlarning asosiy turlari 88-rasmda chizma tarzida ko’rsatilgan.
78- rasm. Parmalash stanoklarida bajariladigan ishlar chizmasi: a-parmalash; b-zen-kerlash; v-razvertkalash; g-ichki rez’ba qirqish; d-zenkovkalash; e-tsenkovkalash.
18.3.Jilvirlash stanogining tuzilishi va ishlashi.
Aniq o’lchamli va toza . yuzali detallar hosil qi-lish maqsadida zagotovkalarga ishlov berish stanoklari jilvirlash stanoklari gruppasini tashkil etadi. Jilvirlash stanoklari doiraviy, ichki, markazsiz va yassi jilvirlash stanok-lariga bo’linadi.
D o i r a v i y j i l v i o l a sh s t a - n o k l a r i zagotovkalarning sirtqi tsilindrik, konussimon va shakldor yuzalarini jilvirlash uchun mo’ljallangan.
Ichki jilvirlash stanoklari ochiq va berk tsilindrik hamda konussimon teshiklarni jilvirlash, markazsiz jilvirlash stanoklari esa tsilindrik tekis zagotovkalarga, shuningdek, shakldor yuzalarga ishlov berish uchun mo’l-jallangan. Yassijilvirlash stanoklari zagotovkalarning yassi yuzalarini jilvirlash uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |