6-mavzu: Metod va metodologiya masalalari: tillarni o’qitish metodikasi


Download 12.08 Kb.
Sana20.11.2020
Hajmi12.08 Kb.
#148290
Bog'liq
Akramova Muborak 6


6-mavzu: Metod va metodologiya masalalari: tillarni o’qitish metodikasi

Reja:


  1. Metod, metodika, metodologiya, yondashuv tushunchalari

  2. Tillarni o’qitish tamoyillari

  3. Til ta’limda kompentensiyaviy yondashuv

Ilmiy tadqiqotning maqsadi muayyan obyektni aniqlash, uning

tuzilma, tavsifi aloqalarini fanda ishlab chiqilgan idrok etishning

tamoyil va metodlari asosida hamma tomonlama ishonchli o'rgan­

ish hamda inson faoliyati uchun foydali bo'lgan natijalarni olish va

ularni ishlab chiqarishga keyingi samarani hisobga olgan holda joriy

etish har qanday ilmiy tadqiqotni ishlanishining asosi metodologi-

yadir, ya’ni ilmiy tadqiqot ustida ish olib borganda qo'llaniladigan

metod, uslub, echimlarning majmuasi hamda ularni qo'llash ketma

ketligidir. Umuman olganda, metodologiya bu qo'yilgan ilmiy tad-

qiqiy vazifani echish rejasi, sxemasidir. Ilmiy tadqiqot uzluksiz rivo-

jlanishda o'rganilishi lozim hamda nazariyani amaliyot bilan o’zaro

bog'liqligiga tayanishi lozim. Ilmiy tadqiqotda idrok etish vazifalari

muhim rolga ega, ulardan eng katta qiziqishga empirik va nazariy

masalalar ega. Empirik masalalar o'rganilayotgan hodisa va jaray-

onlarni turli omillarini aniqlash, tasvirlash va batafsil o'rganishga

qaratilgan. Ilmiy tadqiqotlarda ular idrok etishning turli uslublari

bilan kuzatuv va eksperiment yordamida hal qilinadi.

Kuzatuv bu obyektni unga aralashmagan holda o'rganadigan idrok

etish metodidir, bunda obyektning xususiyatlarini, uning o'zgarish

xarakterini kuzatadilar va o'lchaydilar. Eksperiment, bu idrok etish­

ning eng umumiy empirik metodidir, unda nafaqat kuzatuv va o'lcho-

vlarni amalga olib borishadi, balki tadqiqot obyektini o’zgartirishadi,

uning ustida ish olib borishadi, bu metodda bitta omilning boshqa

omilga ko’rsatgan ta’sirini aniqlash mumkin. Idrok etishning empirik

metodlari ilmiy tadqiqotda katta rol o'ynaydi, ular nazariy taxminlar-

ni mustahkamlash uchun asos bo'lib qolmay, aksariyat hollarda yangi

kashfiyot, ilmiy tadqiqotning predmetini tashkil qiladi. Nazariy vazifalar

obyektning rivoji, xulq atvorini aniqlash imokniyatini beruvchi sabab,

aloqa, o'zaro bog'liqliklarni o'rganish va aniqlashga qaratilgan, bundan

tashqari nazariy vazifalar obyektning tuzilmasi, xarakteristikasini ilm

fanda ishlab chiqilgan idrok etishning tamoyil va metodlariga tayangan

holda aniqlash va o'rganish imkoniyatini beradi. Olingan bilimlar nati-

jasida qonunlar shakllantiriladi, nazariya ishlab chiqiladi, dalillar tek-

shiriladi. Nazariy idrok etish vazifalarini keyinchalik empirik yo'l bilan

tekshirish mumkin bo'lgan tarzda shakllantiradilar. Ilmiy tadqiqotning

empirik va sof vazifalarini hal qilishda idrok etishning mantiqiy meto-

diga muhim rol tegishlidir, bu metod tafakkur talqinlari asosida hodisa

va jarayonlarni tushuntirish, turli taklif va g'oyalarni ilgari surish, ularni

hal qilish yo’llarini aniqlash imkoniyatini beradi. Bu metod empirik tad-

qiqotlar natijasiga asoslanadi, qilingan xulosa va umumlashtirishlarn-

ing ilmiyligi naqadaryuqori bo'lsa, ular naqadar ishonchli va samaralir-

oq bo'lsa, ilmiy tadqiqotlarning natijalari ham shu qadar yuqori bo'ladi.



Ular yangi ilmiy ishlar uchun asos tashkil qilishlari lozim

210-guruh talabasi Akramova Muborak
Download 12.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling