6-mavzu: Metod va metodologiya masalalari: tillarni o’qitish metodikasi
Download 12.08 Kb.
|
Akramova Muborak 6
6-mavzu: Metod va metodologiya masalalari: tillarni o’qitish metodikasi Reja:
Metod, metodika, metodologiya, yondashuv tushunchalari Tillarni o’qitish tamoyillari Til ta’limda kompentensiyaviy yondashuv Ilmiy tadqiqotning maqsadi muayyan obyektni aniqlash, uning tuzilma, tavsifi aloqalarini fanda ishlab chiqilgan idrok etishning tamoyil va metodlari asosida hamma tomonlama ishonchli o'rgan ish hamda inson faoliyati uchun foydali bo'lgan natijalarni olish va ularni ishlab chiqarishga keyingi samarani hisobga olgan holda joriy etish har qanday ilmiy tadqiqotni ishlanishining asosi metodologi- yadir, ya’ni ilmiy tadqiqot ustida ish olib borganda qo'llaniladigan metod, uslub, echimlarning majmuasi hamda ularni qo'llash ketma ketligidir. Umuman olganda, metodologiya bu qo'yilgan ilmiy tad- qiqiy vazifani echish rejasi, sxemasidir. Ilmiy tadqiqot uzluksiz rivo- jlanishda o'rganilishi lozim hamda nazariyani amaliyot bilan o’zaro bog'liqligiga tayanishi lozim. Ilmiy tadqiqotda idrok etish vazifalari muhim rolga ega, ulardan eng katta qiziqishga empirik va nazariy masalalar ega. Empirik masalalar o'rganilayotgan hodisa va jaray- onlarni turli omillarini aniqlash, tasvirlash va batafsil o'rganishga qaratilgan. Ilmiy tadqiqotlarda ular idrok etishning turli uslublari bilan kuzatuv va eksperiment yordamida hal qilinadi. Kuzatuv bu obyektni unga aralashmagan holda o'rganadigan idrok etish metodidir, bunda obyektning xususiyatlarini, uning o'zgarish xarakterini kuzatadilar va o'lchaydilar. Eksperiment, bu idrok etish ning eng umumiy empirik metodidir, unda nafaqat kuzatuv va o'lcho- vlarni amalga olib borishadi, balki tadqiqot obyektini o’zgartirishadi, uning ustida ish olib borishadi, bu metodda bitta omilning boshqa omilga ko’rsatgan ta’sirini aniqlash mumkin. Idrok etishning empirik metodlari ilmiy tadqiqotda katta rol o'ynaydi, ular nazariy taxminlar- ni mustahkamlash uchun asos bo'lib qolmay, aksariyat hollarda yangi kashfiyot, ilmiy tadqiqotning predmetini tashkil qiladi. Nazariy vazifalar obyektning rivoji, xulq atvorini aniqlash imokniyatini beruvchi sabab, aloqa, o'zaro bog'liqliklarni o'rganish va aniqlashga qaratilgan, bundan tashqari nazariy vazifalar obyektning tuzilmasi, xarakteristikasini ilm fanda ishlab chiqilgan idrok etishning tamoyil va metodlariga tayangan holda aniqlash va o'rganish imkoniyatini beradi. Olingan bilimlar nati- jasida qonunlar shakllantiriladi, nazariya ishlab chiqiladi, dalillar tek- shiriladi. Nazariy idrok etish vazifalarini keyinchalik empirik yo'l bilan tekshirish mumkin bo'lgan tarzda shakllantiradilar. Ilmiy tadqiqotning empirik va sof vazifalarini hal qilishda idrok etishning mantiqiy meto- diga muhim rol tegishlidir, bu metod tafakkur talqinlari asosida hodisa va jarayonlarni tushuntirish, turli taklif va g'oyalarni ilgari surish, ularni hal qilish yo’llarini aniqlash imkoniyatini beradi. Bu metod empirik tad- qiqotlar natijasiga asoslanadi, qilingan xulosa va umumlashtirishlarn- ing ilmiyligi naqadaryuqori bo'lsa, ular naqadar ishonchli va samaralir- oq bo'lsa, ilmiy tadqiqotlarning natijalari ham shu qadar yuqori bo'ladi. Ular yangi ilmiy ishlar uchun asos tashkil qilishlari lozim 210-guruh talabasi Akramova Muborak Download 12.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling