6-Mavzu. Oniy aylanish markazi. Tekis shakl nuqtasining tezligi va tezlanishini aniqlash usullari. Tekis harakatdagi jismlarning tezlik va tezlanishlar plani. Tezliklarni qo’shish teoremasi


Download 0.59 Mb.
bet10/10
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1608060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
portal.guldu.uz-6-Mavzu

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Targ S.M. Nazariy mexanika qisqacha kursi. 200-204 bet.

  2. O’rozboev M. Nazariy mexanika asosiy kursi.



Nazorat topshiriklari:
Izohli illyustrativ metodiga doir.

        1. M nuqtaning tezlanishini ko’rsating



        1. Qattiq jism nuqtasining tezlanishini nima uchun o’rganish kerak?

        2. Qattiq jism nuqtasining tezlanishini qanday o’rgatish kerak?

        3. Qattiq jism nuqtasining tezlanishini qanday o’rganish kerak?

        4. Qutb tezlanishini to’g’riligini ko’rsating.


2-asosiy savol bo’yicha dars maqsadi:



  1. Murakkab harakat to’g’risida talabalarda bilimni shakllantirish.

  2. Absolyut harakat, nisbiy harakat va ko’chirma harakat to’g’risida uzviylikni talabalarning bilimida shakllantirish.

Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Murakkab harakat to’g’risida so’zlay oladi.

  2. Kariolis tezlanishi to’g’risida tushuntira oladi.

2-asosiy savolning bayoni: Material nuqtaning qo’zg’almas hisoblash sistemasiga nisbatan qilgan harakati uning murakkab harakati yoki absolyut harakati deyiladi. Ayrim hollarda material nuqtaning harakatini bir vaqtning o’zidagi ikki xil harakatlarning majmuidan iborat deb qarash mumkin, ya’ni qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas hisoblash sistemasiga nisbatan olib qarash mumkin.
Material nuqtaning qo’zg’aluvchan hisoblash sistemasiga nisbatan harakatini uning nisbiy harakati deb aytiladi.
Qo’zg’aluvchan hisoblash sistemasining unga bog’liq bo’lgan barcha nuqtalari bilan qo’zg’almas sistema deb olingan hisoblash sistemasiga nisbatan harakati uning ko’chirma harakati deyiladi.

Masalan: Dengizda suzib yurgan kemaning harakatini oladigan bo’lsak, harakatdagi kemaga nisbatan odamlarning harakati nisbiy harakat deyiladi. Kemaning odamlar bilan qirg’oqqa nisbatan qilgan harakati uning ko’chirma harakati, odamning qirgoqqa nisbatan qilgan harakati uning murakkab yoki absolyut harakati deyiladi. Randalash stanogi A nuqtasining harakatini olib ko’radigan bo’lsak, A nuqtaning OV yo’naltiruvchidagi harakati nisbiy harakati O nuqta atrofidagi aylanma harakati uning ko’chirma harakati bo’lsa, A nuqtaning staninaga nisbatan harakati uning absolyut harakati bo’ladi. M nuqtaning ko’zg’almas sistemaga nisbatan qilgan harakatdagi tezlik va tezlanishlari, nisbiy harakat va ko’chirma harakatda ham nisbiy harakat tezlik va tezlanishi deyiladi.
Material nuqtaning absolyut harakatdagi tezligi nisbiy tezlik va ko’chirma tezliklarning geometrik yig’indisiga teng bo’ladi.
Absolyut tezlanishi ko’chirma tezlanishi, nisbiy tezlanishi va Kariolis tezlanishlarining geometrik yig’indisiga teng bo’ladi.
Koriolis tezlanishi ikkilamchi xarakterga ega. Uning fizik ma’nosi nisbiy harakat tezlik vektorining ko’chirma harakatdagi o’zgarishini va ko’chirma harakat tezlik vektorining nisbiy harakatdagi o’zgarishini xarakterlaydi.
Korialis tezlanishining o’zi esa ko’chirma burchak tezligi va nisbiy harakat tezliklarining vektor kupaytmasining ikkilangan qiymatiga tengdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Targ. S.M. Nazariy mexanika qisqacha kursi. 212-215 bet.

  2. O’rozboev M. Nazariy mexanika asosiy kursi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling