6-mavzu. Raqobat, monopoliya va narx siyosati reja


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 111.04 Kb.
bet19/22
Sana15.02.2023
Hajmi111.04 Kb.
#1202697
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
6-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan

Asosiy tayanch tushunchalar
Raqobat – bozor sub`ektlari iqtisodiy manfaatlarining to`qnashuvidan iborat bo`lib, ular o`rtasidagi yuqori foyda va ko`proq naflilikka ega bo`lish uchun kurashdir.
Tarmoq ichidagi raqobat – ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo`lish, qo`shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o`rtasida boruvchi kurashdir.
Tarmoqlararo raqobat – turli tarmoqlar korxonalari o`rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdir.
G’irrom raqobat – raqobatlashuvning noan`anaviy, jamiyat tomonidan e`tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya`ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro`siga putur etkazish va h.k.) usullaridan foydalanishdir.
Halol raqobat – jamiyat tomonidan tan olingan iqtisodiy usullarni qo`llash, o`zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo`llamaslik kabi qoidalarga asoslangan raqobat kurashidir.
Narx vositasida raqobatlashuv – ishlab chiqaruvchilarning o`z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi asosidagi kurashdir.
Narxsiz raqobatlashuv – asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko`rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro`-e`tibori hisoblangan kurashdir.
Monopoliya – monopol yuqori narxlarni o`rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalaridir.
Ishlab chiqarishning to`planishi – ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to`planishidir.
Kapitalning to`planishi – qo`shimcha qiymatning bir qismini jamg’arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir.
Kapitalning markazlashuvi – bir kapital tomonidan boshqa birining qo`shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aktsiyadorlik jamiyati va boshqa shakllarda ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o`sishidir.
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi va binobarin, foyda olishdagi yakkahukmronlik holatidir.
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holatidir.

Download 111.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling