6-Mavzu. Sanoat tarmoqlari korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari Reja
Download 231.65 Kb. Pdf ko'rish
|
6-Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejmenti
Iqtisodiy xarajatlar – bu korxona to‘lashi shart bo‘lgan to‘lovlardir.
Bunday to‘lovlar tashqi yoki ichki to‘lovlar bo‘lishi mumkin. Korxonaning o‘z hisobidan mehnat resurslari, xom ashyo, yoqilg‘i, transport xizmatlari, energiya va boshqalar bilan ta’minlovchilar foydasiga beradigan pul to‘lovlari, ya’ni pul xarajatlar – tashqi xarajatlar deb ataladi. Boshqacha so‘z bilan aytsak, tashqi xarajatlar shu korxonaga egalik qilmaydigan ta’minlovchi tashkilotlarning resurslari uchun to‘lovlardan iboratdir. Korxona bulardan tashqari, faqat o‘z ixtiyorida bo‘lgan resurslardan ham foydalanishi mumkin. Resurslardan foydalanish bo‘yicha bo‘ladigan xarajatlar ichki xarajatlar, ya’ni haq to‘lanmaydigan xarajatlar deb ataladi. Korxona yoki tarmoqning belgilangan hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun qiladigan xarajatlari ishlab chiqarishda band bo‘lgan barcha resurslar miqdorini o‘zgartirish imkoniyatlariga bog‘liqdir. Foydalaniladigan ko‘pgina resurslar miqdori (ko‘pincha jonli mehnat turlari, xom ashyo, yoqilg‘i, energiya va boshqalar) osongina, tez o‘zgartirilishi mumkin. Boshqa resurslarni o‘zlashtirish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Masalan, qayta ishlash sanoati korxonalari asosiy fondlari, ya’ni uning ishlab chiqarish binolari maydonlari, undagi mashina va dastgohlarning miqdori uzoq vaqt mobaynidagina o‘zgartirilishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan resurslar hajmini o‘zgartirishga ketgan vaqt - qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarga ajratiladi. Qisqa muddatli davr – bu korxona o‘zining o‘zgarmas ishlab chiqarish quvvatidan intensiv foydalanish darajasini o‘zgartirish uchun yetarli miqdordagi davrdir. Uzoq muddatli davr – bu ancha uzun bo‘lgan davr bo‘lib, korxonada band bo‘lgan barcha resurslar va ishlab chiqarish quvvati miqdorini ham o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. Tarmoq nuqtai nazaridan olsak, uzoq muddatli davr - uning tarkibida amal qilib turgan korxonalar tarmoqni tark etib ketishi va yangilari tarmoq tarkibiga qo‘shilishi uchun yetarli bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Agar qisqa muddatli davr – quvvatlarni o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan davrdan iborat bo‘lsa, uzoq muddatli davr o‘zgaruvchan quvvatlar davridir. Mahsulot ishlab chiqarishning kamayib borishi yoki «nisbatlar o‘zgarishi» qonuni shuni tasdiqlaydiki, ma’lum vaqtdan so‘ng o‘zgaruvchan resurslar birligini o‘zgarmas resurslarga sarfni oshirib borish har bir keyingi o‘zgaruvchan resurs birligiga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha pirovard mahsulotni ishlab chiqarishni kamaytiradi. Boshqacha qilib aytsak, agar shu mashinalarda xizmat qiluvchi ishchilar soni oshib borgan sari mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham pasayib boradi. Download 231.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling