6-Mavzu. Sanoat tarmoqlari korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari Reja
Mahsulot bahosi to‘g‘risida tushuncha. Mahsulot bahosin belgilash
Download 231.65 Kb. Pdf ko'rish
|
6-Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejmenti
3. Mahsulot bahosi to‘g‘risida tushuncha. Mahsulot bahosin belgilash asoslari. Xarajatlar o‘zining turli belgilari bo‘yicha hisob va tahlil ob’ektiga bo‘linadi. Bular bevosita korxona xarajatlarining yuzaga chiqish o‘rni, shakli, javobgarlik markazlarining tarkiblanishi bilan bog‘lanadi. Iqtisodiy tahlilning muhim jihati bevosita ushbu ob’ektlar bo‘yicha xarajatlarni davriy o‘rganish asosida ularni kamaytirish yuzasidan korxonada mavjud bo‘lgan ichki imkoniyatlarni aniqlash va ularni ishga solishga qaratilgandir. Bu esa korxona faoliyatining natijasi bilan ham bog‘lanadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil etishda ularni kamaytirish yo‘nalishlarini belgilash birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Bu borada ishlab chiqarish xarajatlarini reja va o‘tgan yillarga nisbatan mahsulot hajmiga ta’sir etmagan holda o‘sib ketishi sabablari o‘rganiladi. Ularni maqsadli boshqarishning yo‘nalishlari belgilanadi. Resurslarning tejalishi va shu asosda rag‘batlantirish mexanizmining yo‘lga qo‘yilishi istiqbol ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri tavsiflash va belgilash imkonini beradi. Korxonada nafaqat ishlab chiqarish xarajatlari, balki ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarni ham to‘g‘ri boshqarishga muhim ahamiyat beriladi. Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasini aniqlash va unda o‘zgaruvchan hamda o‘zgarmas xarajatlarni to‘g‘ri belgilash masalalari ham tahlilning muhim jihatidir. Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasi ishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot hajmining o‘zgarishiga muvofiq me’yorlanishi bilan belgilanadi. Tahlil etishda o‘rganish ob’ekti va tahlil maqsadidan kelib chiqqan holda korxona xarajatlarining u yoki bu turkumi bo‘yicha o‘zgarishlar va o‘zgarish sabablariga baho beriladi. Taqqoslashdagi qiyosiy o‘rganishda joriy davr va o‘tgan yil ma’lumotlari, reja ko‘rsatkichlari, o‘rtacha ko‘rsatkichlar va tarmoq bo‘yicha boshqa ma’lumotlar olinadi. Taqqoslashda ko‘rsatkichlar bo‘yicha mutloq o‘zgarishlar nisbiy ko‘rsatkichlarni qo‘llash orqali to‘ldiriladi. Muhim jihati shundaki, e’tibor dinamik o‘zgarishlar va ularni taqqoslashdagi muammolarga qaratiladi. Bu muammolar bevosita ma’lumotlarning taqqoslash vaznlari va ularning bir xil kuchda emasligi bilan belgilanadi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmini baholashda taqqoslama baholarning qo‘llanilishi kabi ishlab chiqarish xarajatlarini ham dinamik jihatdan to‘g‘ri baholash uslubini yaratish lozim. Bu masalada ko‘proq xarajatlarni nisbiy ko‘rsatkichlar asosida o‘rganishda foyda beradi. Xarajatlarning taqqoslash ko‘rsatkichiga nisbatan o‘zgarishlari va o‘zgarish sabablariga e’tibor qaratiladi. Download 231.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling