6-Mavzu. Sanoat tarmoqlari korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari
Reja:
1. Sanoat tarmoqlari korxonalari
ishlab chiqarish xarajatlari,
mahsulot
tannarxi va narxi.
2. Xarajatlar va ularning tasnifi, tannarx xarajatlarini kamaytirish yo‘llari.
3. Mahsulot bahosi to‘g‘risida tushuncha Mahsulot bahosini belgilash asoslari.
1. Sanoat tarmoqlari korxonalari ishlab chiqarish xarajatlari,
mahsulot tannarxi va narxi.
Korxonaning iste’mol bozoriga mahsulot yetkazib berishdagi qobiliyati va
intilishini belgilovchi eng muhim omillardan biri bu ishlab chiqarish xarajatlaridir.
Har qanday tovarni ishlab chiqarish o‘zining nisbatan kamyobligi tufayli ma’lum
bahosiga ega bo‘lgan iqtisodiy resurslar xarajatini talab etadi. Korxona bozorga
chiqarishga intilgan
qandaydir tovarning miqdori, bir tomondan,
uni ishlab
chiqarish uchun zarur bo‘lgan bahoga (xarajatlarga) va resurslardan foydalanish
samaradorligiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bozorda sotiladigan tovarning
bahosiga bog‘liq bo‘ladi.
Iqtisodchilar xarajatlarga barcha to‘lovlarni – tashqi va ichki to‘lovlarni
qo‘shib hisoblaydilar. Ular resurslarni mo‘ljallangan faoliyat doirasida to‘plash va
saqlash uchun zarur bo‘ladilar. Agar buxgalterni korxonaning moliyaviy balansi
qiziqtirsa hamda u aktiv va passivni nazorat qilib borsa, korxonaning o‘tgan
davrlardagi faoliyati foydaliligini baholasa, korxona rahbarlari va iqtisodchilar esa
aksincha, korxonaning kelajagi bilan qiziqadilar. Ularning oldilarida xarajatlarni
qanday qilib kamaytirish va rentabellikni oshirish zarurligi vazifasi turadi. Ular,
o‘z navbatida, iqtisodiy yoki faqat shu turdagi tovarni ishlab chiqarish uchun zarur
bo‘lgan xarajatlar bilan qiziqadilar. Bunda shu tovar o‘rniga
boshqa turdagi
alternativ tovar ishlab chiqarish mumkin bo‘lmaydi va ma’lum turdagi resurslar
tanlanadi. Natijada korxonaning resurslaridan eng yaxshi darajada foydalanish
imkoniyatlari saqlab qolinadi.