6-Mavzu. Sanoat tarmoqlari korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari Reja
-jadval Ishlab chiqarish xarajatlarining iqtisodiy elementlar va moddalar bo‘yicha
Download 231.65 Kb. Pdf ko'rish
|
6-Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejmenti
1-jadval
Ishlab chiqarish xarajatlarining iqtisodiy elementlar va moddalar bo‘yicha turkumlanishi Iqtisodiy elementlar bo‘yicha Moddalar bo‘yicha Ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va bilvosita xarajatlar Xom ashyo Yoqilgi Elektr quvvati Extiyot qismlar Idishlar va h.k Ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari Asosiy ish haqlari Qo‘shimcha ish haqlari Ish haqlariga ustamalar Ishlab chiqarishga taaluqli Ijtimoiy ta’minot bo‘limiga mehnat haqidan ajratmalar Mehnat birjasiga Kasaba uyushmasiga Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi, eskirish xarajatlari Nomoddiy aktivlarning eskirishi Asosiy vositalarning eskirishi Asosiy vosita va nomoddiy aktivlar ijara haqlari Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar Turli ishlar va xizmatlar Soliqlar, yigimlar Ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlar va moddalar bo‘yicha o‘rganish quyidagicha farqlanadi: bo‘limlar va korxona bo‘yicha jami xarajatlar faqat iqtisodiy elementlar bo‘yicha o‘rganiladi, mahsulotlar turi va turkumi bo‘yicha esa ishlab chiqarish xarajatlari kalkulyatsiya moddalari asosida ko‘rib chiqiladi. Tahlil etishda ishlab chiqarish xarajatlarining jami o‘zgarishi va uning tarkib bo‘yicha o‘zgarishlari mutloq va nisbiy jihatdan o‘rganiladi. Nisbiy jihatdan o‘rganishda har bir turkum xarajat moddasi yoki elementining jami ishlab chiqarish xarajatlari tarkibidagi salmog‘iga baho beriladi. Mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar tarkibini iqtisodiy elementlar va moddalar bo‘yicha quyidagi tarkibda berish mumkin. Bir so‘mlik mahsulot hajmiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlari va ularning har bir xarajat elementi bo‘yicha o‘rganilishi ham xarajatlarni maqsadli boshqarishda muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bir so‘mlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarishxarajatlari korxona asosiy faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichdir. Ushbu ko‘rsatkichni ayrim tur xarajat elementlari bo‘yicha ham o‘rganish mumkin: bir so‘mlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan moddiy ishlab chiqarish xarajatlari, bir so‘mlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xarakteridagi mehnat haqi va xarajatlari va h.k. Bir so‘mlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan xarajat ko‘rsatkichini quyidagi bog‘lanishlarda aniqlash mumkin: Mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’lum miqdorda xarajatlar talab qilinadi. Xarajatlarning pulda ifodalanishi mahsulotning tannarxini tashkil etadi. Mahsulot tannarxi sanoat korxonalarida ish samaradorligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Mahsulot tannarxining o‘zgarishda xarajatlardan foydalanishning samaradorlik darajasini, mehnat unumdorligini, ishchilarga to‘lanadigan mehnat haqini, asosiy fondlardan foydalanishni va xom ashyo-materiallaridan foydalanishni ko‘zda tutamiz. Chunki sanoat korxonalarining xo‘jalik hisobida ishlash jarayonida mahsulot tannarxining pasayishi muhim ahamiyatga ega. Mahsulot tannarxini tahlil qilishda hisobot davridagi mahsulot tannarxi rejadagi mahsulot tannarxi bilan hamda o‘tgan yilgi mahsulot tannarxi bilan taqqoslanadi. Mahsulot tannarxini tahlil qilishda tahlilning vazifalari quyidagilardan iborat: - umumiy xarajatlar sarfiga baho berish, - xarajatlarni elementlari va moddalari bo‘yicha qanday sarflanganligini tekshirish, - bir so‘mlik tovar mahsulot uchun ketgan xarajatlarni tahlil qilish va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, - xarajatlarning ayrim moddalarini alohida- alohida tahlil qilish va shuning bilan birga tahlilning natijalariga ko‘ra mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini belgilab berish. Mahsulot tannarxi - korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining puldagi ifodasidir. Tannarx asosida ishlab chiqarish xarajatlari yotadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot tannarxini tahlil qilishning ahamiyati mulkchilikning barcha shakllarida ish yuritayotgan korxonalar uchun ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish xarajati to‘g‘risida to‘la-to‘kis ma’lumotga ega bo‘lmasdan ishlab chiqarishni ilmiy jihatdan va samarali boshqarish mumkin emas. Bu ko‘rsatkich foyda, daromad, rentabellik darajasi, baho va boshqa ko‘p ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq. Shuning uchun qishloq xo‘jalik korxonalarda mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi va to‘liq tannarxini farqlash kerak. Korxonaning ishlab chiqarish uchun qilgan barcha xarajatlari mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini belgilaydi. Mahsulotning to‘liq tannarxi esa ishlab chiqarish tannarxi va mahsulotni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Xalq turmush darajasining yuksalishi mahsulot tannarxning pasayishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bunga esa, asosan, mehnat samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo‘li bilan erishish mumkin. U jonli va buyumlashgan mehnatni tejashni bildiradi, foyda miqdorining ko‘payishini, byudjetga tushadigan to‘lovlarning ortishini ta’minlaydi. Shu bois mahsulot tannarxini muntazam ravishda pasaytirib borish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ishlab chiqarishning barqaror rentabellikka ega bo‘lishini ta’minlashning muhim shartidir. Mahsulot tannarxini pasaytirishning asosiy yo‘llari quyidagilardan iborat: boshqaruv usullarini, ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilishni, xo‘jalik hisobini takomillashtirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash, moddiy resurslardan tejab-tergab foydalanish, ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytirish, xo‘jasizlikka qarshi kurashish va hokazolar. Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot tannarxini tahlil qilishning vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasining bajarilishini aniqlash; 2. Tannarxni rejalashtirilganiga nisbatan o‘zgarish sabablarini aniqlash va uni pasaytirish imkoniyatlarini topish; 3. Tannarxni pasaytirish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan choratadbirlar ishlab chiqarish; 4. Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy xarajatlarning rejaga nisbatan bo‘lgan iqtisod (tejash) yoki ortiqcha xarajatga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash; 5. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida moddiy va mehnat resurslaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanish ustidan nazorat olib borish; 6. Mahsulot ishlab chiqarishda mahsulot ayrim turlarining haqiqiy tannarxini reja tannarxi bilan solishtirish va farqlarni belgilash, ularning sabablari va tannarxini pasaytirishning imkoniyatlarini aniqlash, tannarx bo‘yicha rejaning bajarilishini nazorat qilish. Tahlil qilish mahsulot tannarxining qator yillar bo‘yicha va tarkibini tekshirishdan, asosiy mahsulot turlarning tannarxini pasaytirish rejasining bajarilishini o‘rganishdan boshlanadi. Mahsulot tannarxini pasayishi va oshishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganiladi. Buning uchun mahsulot turi bo‘yicha tahlil etiladi. Alohida mahsulot turlari bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini aniqlash, moliyaviy natijaga dahldor bo‘lgan elementlarni iqtisodiy jarayonlarning turi, o‘rni, joyi va javobgarlik bo‘yicha hisobga olinishini va nazorat qilinishi korxonaning xo‘jalikmoliya faoliyatini boshqarishda muhim hisoblanadi. Alohida olingan mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxini aniqlashga hisobkitoblarining muhim ob’ekti sifatida qaraladi. Bunda mahsulot tannarxining to‘g‘ri aniqlanishiga ahamiyat beriladi. Mahsulotlar tannarxini aniqlash va hisobga olish, moliyaviy natijaviylikni tarkibli o‘rganish bilan birga, foydaning shakllanish qatorlarini to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Alohida olingan mahsulotlar tannarxining tahlili xarajatlarni iqtisodiy elementlar bo‘yicha emas, balki xarajat moddalari bo‘yicha o‘rganishni, ularning rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlariga baho berishni hamda o‘zgarish sabablarini o‘rganishni tavsiflaydi. Alohida olingan mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxini aniqlash va tahlil etish ishlab chiqarishni boshqarishda sarflar va daromadlarning yuzaga chiqish o‘rinlariga to‘g‘ri baho berish imkonini beradi. Mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxiga va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni xarajat moddalarining har bir turi bo‘yicha alohida tarkiblash mumkin. Material xarajatlar yoki xom ashyo xarajatlar o‘zgarishiga moddiy sarflar me’yorining o‘zgarishi, ularning sotib olish baholarining o‘zgarishi ta’sir qilsa, mehnat haqi xarajatlarining o‘zgarishida ishchilar soni ta’sir qiladi. Amortizatsiya xarajatlari bo‘yicha ham xuddi shu shaklda tarkiblashni aytib o‘tish mumkin, ya’ni, amortizatsiyalangan qiymatning o‘zgarishi, amortizatsiya me’yorlari, shuningdek amortizatsiya ajratmalari ajratiladigan asosiy vositalar turi, salmog‘iga bog‘liq va h.k. Omillar ta’sirini aniqlashda har bir ta’sir birligi alohida va boshqa omillar ta’sirisiz o‘rganiladi. Alohida mahsulot turlari bo‘yicha ishlab chiqarish tannarxini aniqlash va tahlil etish, ayrim mahsulotlarning foydali va rentabillik darajasini tahlil etishda juda qo‘l keladi. Mahsulot ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning xususiyatiga bog‘liq. Sanoat korxonalaridagi kalkulyatsiyamoddalari tarkibining deyarlik bir xilda bo‘lishi tannarxni umumiy hajmda va uslubda o‘rganish imkonini beradi. Bunday tahlil bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot birligiga belgilanadigan narxni aniqlashda foyda va rentabillikni oshirishda muhim o‘rin tutadi. Xarajatlar ichida ko‘p ulushni material xarajatlari tashkil etadi, shuning uchun material xarajatlari sarfini tahlil qilishga alohida to‘xtalib o‘tilishi zarur. Material xarajatlarining o‘zgarishi, asosan, eng muhim ikkita omilga bog‘liq. Birinchisi, sarflanadigan material xarajatlari me’yorining o‘zgarishiga, ikkinchisi, material xarajatlari bahosining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarish korxonalarida tannarxi tahlil qilishda umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan biri, bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun sarflangan xarajat hisoblanadi. Tahlil jarayonida bir so‘mlik tovar mahsulot uchun sarflangan xarajatlarning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Buning o‘zgarishiga ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibining o‘zgarishi, materiallar bahosining o‘zgarishi, ayrim mahsulotlar tannarxining o‘zgarishi va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi. Mahsulot tannarxini pasaytirishning imkoniyatlarini aniqroq bilish uchun kalkulyatsiya moddalarida berilgan xarajatlarni har taraflama o‘rganish zarur. Birinchi navbatda, qaysi moddalari bo‘yicha ko‘proq sarflarga yo‘l qo‘yilgan moddalar tahlilga jalb qilinadi, sabablari o‘rganiladi va pasaytirish yo‘llari belgilab beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 yil 5 fevralda qabul qilingan 54-sonli “Mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxi, mahsulot (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan mahsulot (ish, xizmat)ning ishlab chiqarish tannarxi mahsulotni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash jarayonida foydalaniladigan tabiiy resurslar, xom ashyo, materialllar, yoqilg‘i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari va ishlabchiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar qiymatini o‘z ichiga olgan baho sifatida aniqlanadi. Ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladigan xarajatlar quyidagi maqsadlar uchun aniqlanadi: 1. Mahsulot ishlab chiqarish va sotishdan hosil bo‘lgan barcha xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘liq va aniq yig‘ilib borishi korxona faoliyatining rentabelik hamda bozordagi raqobat qobiliyati darajasini aniqlash; 2. Soliq solishni to‘g‘ri belgilash. Respublikamizda mavjud ishlab chiqarish korxonalarining mahsulot tannarxini chuqur va muntazam tarzda tahlil qilish milliy iqtisodiyotning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, mahsulot tannarxi korxona rentabellik darajasi bilan bog‘liqdir. Tannarx qancha past bo‘lsa, rentabellik darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Demak, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini pasaytirish tadbirlarni amalga oshirish korxona moliyaviy natijasini ijobiy bo‘lishga, xalq turmush darajasining yuksalishiga olib keladi. Bunga esa, asosan, mehnat samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo‘li bilan erishish mumkin. Bundan tashqari, bozorda tovar turlarini ko‘paytirib, korxonalarning xo‘jalik mustaqilligini ta’minlash kerak. Buning uchun, ishlab chiqarishga, ya’ni zamonaviy texnika-texnologiyani jalb qilish, malakali mutaxasislarni yetishtirish mavjud mehnat vositalardan samarali foydalanish darkor. Ishlab chiqarish korxonalari xarajatlari takribida mehnatga haq to‘lash va unga tenglashtiriladigan to‘lovlar salmoqli hissani takshil etadi. Mehnat haqiga tenglashtiriladigan to‘lovlar tarkibiga xodimlarning ishga qatnashi va ovqatlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, kiyimkechaklar, kommunal xizmat va uy-joy uchun to‘lovlar, ularni o‘qitish bilan bog‘liq va boshqa shu kabi to‘lovlar kiritiladi. Korxonada mehnat haqi xarajatlarini tahlil etishda mehnat haqi fondining reja va o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishi va o‘zgarish sabablariga, bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mehnat shaki fondi hamda uning o‘zgarishiga baho beriladi. Mehnat haqi fondining shakllanishi va uning berilishi davlat tashkilotlari tomonidan tartibga solib turiladi va nazorat qilinadi. Nazorat uchun savollar 1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari. 2. Ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni tahlil qilish usullari. 3. Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari tahlili va baholanishi 4. Maxsulot tannarxini aniqlash usullari. 5. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi shakllanishining korxona foydasiga ta’siri. 6. Mahsulotni ishlab chiqarish va sotishni ifodalovchi hajm ko‘rsatkichlari. Download 231.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling