6-mavzu. Sunʼiy gʼovak toʼlliruvchilar. Keramzit ishlab chikarish texnologiyasi. Reja
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
6 Мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xomashyo materiallar va qo‘shimchalar
103 6-MAVZU. SUNʼIY GʼOVAK TOʼLLIRUVCHILAR. KERAMZIT ISHLAB CHIKARISH TEXNOLOGIYASI. Reja 1.Keramzit ishlab chikarish texnologiyasi. Keramzit uchun texnik talablar. 2.Bir jinsliligi va boyitish ishlarn. Keramzit kumi. Ishlab chikarish texnologik sxemasi. 3.Keramzitni qo‘llash sohasi Keramzit, yunon tilidan tarjima qilinganda kuydirilgan gil ma’nosini anglatadi. Uzining tuzilishi bo‘yicha - keramzit engil g‘ovakli material. Engil kupchiydigan gillarni kuydirib olinadi. Keramzit asosan keramzit shag‘ali ko‘rinishida olinadi. Keramzit shag‘ali donasi yumaloq shaklda, strukturasi g‘ovak va yacheykasimon bo‘ladi. Keramzit donasining yuza qismi zich qatlam bilan qoplangan, rangi qo‘ng‘ir qora, bo‘linganda qoramtir bo‘ladi. Keramzit xossalari gillar sifatiga, saqlash sharoitlariga va tashish usullariga bog‘liq. Qayta ishlanadigan va kuydirilgandan so‘ng keramzit xossalari – musahkamligi, issiq va tovush o‘tkazmasligi, olovga va sovuqqa chidamliligi yaxshilanadi. Rasm - 6.1. Keramzit ko‘rinishi Keramzit ekologik toza maxsulot xisoblanadi chunki asosan gillardan olinadi. Keramzit ishlab chiqaruvchi korxonalar asosan quyidagi fraksiyalardagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi: 0-5 mm-10%; 5-10mm – 40%; 10-20mm – 40%; 20-40mm -10%; Xomashyo materiallar va qo‘shimchalar Giltuproqning ba’zi turlari kuydirishda ko‘pchiydi va bunday gillar asosida keramzit olinadi. Sanoatda keramzit shag‘ali va keramzit qumi olinadi, kam miqdorda keramzit chaqiq toshi ishlab chiqariladi. Gilning ko‘pchishi 2 ta jarayonga bog‘liq: gaz ajralishi va gilning piroplastik holatga o‘tishidir. Gaz ajralishi –bu temir oksidlarining organik moddalar bilan birikishidan keyingi qaytarilish reaksiyasi, bu birikmalarning oksidlanishi, gidroslyuda va boshqa suvli birikmalarni degidrotatsiyasi, karbonatlarning dissotsiatsiyasiga bog‘liq. 104 Gilning piroplastik holatga o‘tishi, gilda yuqori haroratda suyuq fazaning (eritma) hosil bo‘lishidir. Natijada gil yumshayadi, plastik deformatsiya qobiliyati yuzaga keladi, ajralayotgan gazlar asosida ko‘pchiydi va natijada gaz o‘tkazmaydigan materialga aylanadi. Keramzit ishlab chiqarishda xomashyo sifatida cho‘kindi jinslarga kiruvchi gil jinslar ishlatiladi. Xomashyo material sifatida metamorfik tog‘ jinslariga mansub toshsimon gilli jinslar – gil slanetslari va argillitlar ishlatiladi. Gil jinslar murakkab mineralogik tarkib bilan farqlanadi va ularda gil minerallar (kaolinit, montmorillonit, gidroslyudalar) dan tashqari kvars, dala shpati, karbonatlar, temir, organik qo‘shimchalardan iborat bo‘ladi. Gil minerallar gil moddalardan iborat bo‘ladi. Gil deb, tarkibida 30% dan ko‘p gil moddalar bo‘lgan gil jinslarga aytiladi. Keramzit ishlab chiqarish uchun montmorillonit va gidroslyudali gillar ishlatiladi, ularning tarkibida 30% gacha kvars mavjuddir. Gilning umumiy tarkibida SiO 2 -70% gacha, Al 2 O 3 -12% kam emas(20% gacha), Fe 2 O 3 + FeO- 10%gacha, organik qo‘shimchalar 1-2% mavjud bo‘lishi kerak. Keramzit ishlab chiqarishda u yoki bu gil xom ashyosining yaroqli ekanligi xomashyo xususiyatlarini maxsus tekshirish orqali belgilanadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling