6-mavzu. Sunʼiy gʼovak toʼlliruvchilar. Keramzit ishlab chikarish texnologiyasi. Reja


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/13
Sana13.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1354965
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6 Мавзу

Keramzitni qo‘llash sohasi 
Keramzit beton asosan devor materiallar uchun ishlatiladi. Devor panellari uchun 
eng samaralisi bu uyma zichligi bo‘yicha markasi M300, M400, M500 bo‘lgan engil 
keramzit shag‘alidir.
Bir qatlamli devor panellari uchun ishlatiladigan konstruksion-issiqlikdan 
himoyalovchi keramzitbetonning zichligi 900-1100 kg/m
3
ni, siqilishdagi 
mustahkamlik chegarasi 5-7,5 MPa ni tashkil etadi. Konstruksiyada beton bir 


121 
vaqtning o‘zida ham yuk ko‘taruvchi va issiqlikdan himoyalovchi funksiyalarni 
bajaradi.
Ikki yoki uch qatlamli devor panellarida yuk ko‘tarish qobiliyatini bir va 
ba’zan ikki qatlamli konstruksion-keramzitbeton ta’minlaydi, issiqlikdan 
himoyalash zichligi 500-600 kg/m
3
bo‘lgan yirik g‘ovakli issiqlikdan himoyalovchi 
keramzit beton qatlami ta’minlaydi. 
Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, bir qatlamli panel konstruksiyasidan ikki yoki 
uch qatlamliga o‘tish va devor panellari yuk ko‘tarish va issiqlikdan himoyalash 
funksiyalarini bajaruvchi konstruksion va issiqlikdan himoyalovchi keramzit beton 
asosida ishlab chiqarilgan panellarning sifatini va chidamliligini oshiradi, material 
sarfini kamaytiradi.
Issiqlikdan himoyalovchi yirik g‘ovakli keramzit beton bu o‘ta engil beton 
hisoblanadi. Sementni eng kam sarfida uning zichligi keramzit shag‘ali uyma 
zichligidan kamroq oshadi.
Keramzit shag‘ali markasi M700 va M800 ni qo‘llab siqilishdagi 
mustahkamlik chegarasi 20, 30, 40 MPa bo‘lgan konstruksion engil beton olish 
mumkin, undan asosan tom yopma, ora yopma panellaridan qurilishda keng 
foydalaniladi, bu o‘z navbatida konstruksiya’ni engillashtiradi.
NAZORAT SAVOLLARI 
1.Keramzitning fizik-mexanik xususiyatlarini keltiring? 
2.Keramzit g‘ovak to‘ldirgichi qurilishda qaysi soxalarda ishlatiladi? 
3.Aylanma pechning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring? 
4.Keramzit ishlab chiqarishda xom granulalarni isitish va kuydirish qanday 
amalga oshiriladi? 
5.Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasini keltiring? 
6.Keramzit olishda qanday xomashyo materiallar va qo‘shimchalar ishlatiladi? 
7.Keramzit ishlab chiqarishning qaday usullari mavjud? 
8.Gil xom ashyosiga qanday asosiy talablar qo‘yiladi? 
9.Ko‘pchish koeffitsienti qaysi formula orqali aniqlanadi? 
10.Keramzit olishning quruq usulini tushuntiring? 
11.Keramzit olishning ho‘l usulini tushuntiring? 
12.Keramzit olishning kukun -plastik usulini tushuntiring? 
13.Keramzit olishning plastik usulini tushuntiring? 
14.Keramzit olishda qanday xomashyo materiallar ishlatiladi? 
15.Keramzitning birjinsliligini keltiring? 
16.Keramzitni boyitish ishlari qanday bajariladi? 
17.Bir barabanli aylanma pechning ishlash prinsipini tushuntiring? 
18.Quritish kamerasining ishlash prinsipini tushuntiring? 
19.Keramzit shag‘aliga qanday talablar qo‘yiladi? 
20.Keramzitni qo‘llash sohasi 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling