6-mavzu. Sunʼiy gʼovak toʼlliruvchilar. Keramzit ishlab chikarish texnologiyasi. Reja
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
6 Мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI
Keramzitni qo‘llash sohasi
Keramzit beton asosan devor materiallar uchun ishlatiladi. Devor panellari uchun eng samaralisi bu uyma zichligi bo‘yicha markasi M300, M400, M500 bo‘lgan engil keramzit shag‘alidir. Bir qatlamli devor panellari uchun ishlatiladigan konstruksion-issiqlikdan himoyalovchi keramzitbetonning zichligi 900-1100 kg/m 3 ni, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 5-7,5 MPa ni tashkil etadi. Konstruksiyada beton bir 121 vaqtning o‘zida ham yuk ko‘taruvchi va issiqlikdan himoyalovchi funksiyalarni bajaradi. Ikki yoki uch qatlamli devor panellarida yuk ko‘tarish qobiliyatini bir va ba’zan ikki qatlamli konstruksion-keramzitbeton ta’minlaydi, issiqlikdan himoyalash zichligi 500-600 kg/m 3 bo‘lgan yirik g‘ovakli issiqlikdan himoyalovchi keramzit beton qatlami ta’minlaydi. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, bir qatlamli panel konstruksiyasidan ikki yoki uch qatlamliga o‘tish va devor panellari yuk ko‘tarish va issiqlikdan himoyalash funksiyalarini bajaruvchi konstruksion va issiqlikdan himoyalovchi keramzit beton asosida ishlab chiqarilgan panellarning sifatini va chidamliligini oshiradi, material sarfini kamaytiradi. Issiqlikdan himoyalovchi yirik g‘ovakli keramzit beton bu o‘ta engil beton hisoblanadi. Sementni eng kam sarfida uning zichligi keramzit shag‘ali uyma zichligidan kamroq oshadi. Keramzit shag‘ali markasi M700 va M800 ni qo‘llab siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 20, 30, 40 MPa bo‘lgan konstruksion engil beton olish mumkin, undan asosan tom yopma, ora yopma panellaridan qurilishda keng foydalaniladi, bu o‘z navbatida konstruksiya’ni engillashtiradi. NAZORAT SAVOLLARI 1.Keramzitning fizik-mexanik xususiyatlarini keltiring? 2.Keramzit g‘ovak to‘ldirgichi qurilishda qaysi soxalarda ishlatiladi? 3.Aylanma pechning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring? 4.Keramzit ishlab chiqarishda xom granulalarni isitish va kuydirish qanday amalga oshiriladi? 5.Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasini keltiring? 6.Keramzit olishda qanday xomashyo materiallar va qo‘shimchalar ishlatiladi? 7.Keramzit ishlab chiqarishning qaday usullari mavjud? 8.Gil xom ashyosiga qanday asosiy talablar qo‘yiladi? 9.Ko‘pchish koeffitsienti qaysi formula orqali aniqlanadi? 10.Keramzit olishning quruq usulini tushuntiring? 11.Keramzit olishning ho‘l usulini tushuntiring? 12.Keramzit olishning kukun -plastik usulini tushuntiring? 13.Keramzit olishning plastik usulini tushuntiring? 14.Keramzit olishda qanday xomashyo materiallar ishlatiladi? 15.Keramzitning birjinsliligini keltiring? 16.Keramzitni boyitish ishlari qanday bajariladi? 17.Bir barabanli aylanma pechning ishlash prinsipini tushuntiring? 18.Quritish kamerasining ishlash prinsipini tushuntiring? 19.Keramzit shag‘aliga qanday talablar qo‘yiladi? 20.Keramzitni qo‘llash sohasi Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling