6-mavzu. Sunʼiy gʼovak toʼlliruvchilar. Keramzit ishlab chikarish texnologiyasi. Reja


Keramzit xom granulalarga termik ishlov berish - isitish, kuydirish va


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana13.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1354965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
6 Мавзу

Keramzit xom granulalarga termik ishlov berish - isitish, kuydirish va 
sovitish
Xom granulalarni quritish pishirishda ishlatiladigan aylanma pechlarda 
yoki alohida quritish agregatlarida amalga oshiriladi. Bu uncha katta bo‘lmagan 
o‘lchamlardan (6-14mm) granulalarni quritish rejimi olinadigan keramzit sifatiga 
jiddiy tasir etmaydi. Bitta aylanma pechda xam isitish va quydirish ishlarini birga 
bajarilishi bevosita xom granulalar ishlab chiqaruvchi qurilmaning ishlashiga 
bog‘liq. Texnologik nuqtai nazardan pechlarning to‘xtovsiz ishlashi uchun xom 
granulalar zaxirasi mavjud bo‘lishi kerak. SHu sababli granulalar quritish 
barabanida dastlab quritiladi, natijada ularning mustahkamligi ortadi va uzaro 
elimlanib qolishini oldini oladi. Barabanda granulalar aylanishida yumaloq 
shaklni oladi va undagi yoriqlar yopiladi. Korxonalarda diametri 2,2 va 2,8m, 
uzunligi – 14m bo‘lgan quritish barabanlari keng qo‘llaniladi.
Shu bilan birga qatlam tayyorlovchi samarali quritish agregatlari 
(rasm.6.2.) keng qo‘llanilib, ularda xom granulalar nol namlikkacha va 
pishirishdan oldin quritiladi. Qatlam tayyorlovchi quritish agregati balandligi 
taxminan 10m li vertikal konstruksiyali ko‘rinishda bo‘lib, qabul bunkeri, ikkita 
qiya panjara (xom granulalar o‘z-o‘zidan xarakatlanadi), yukni tushirish 
barabanidan iborat bo‘ladi. Xom granulalarni quritish pechdan chiqayotgan issiq 
gazlar hisobiga amalga oshiriladi, rasmda yo‘naltiruvchi chiziqlar bilan 
qo‘rsatilgan. Gazlar dastlab pastki panjaradagi material orasidan o‘tadi, so‘ngra 
sirkulyasion tutun so‘ruvchi yordamida yuqori panjaraga, qolgan qismi esa pastga 
yuboriladi. 
 Rasm.6.2. Qatlam tayyorlovchi: 1- korpus; 2-qabul bunkeri; 3- material 
miqdorini ko‘rsatuvchi; 4- yuqori qiya panjara; 5-pastki qiya panjara; 6- termopara; 
7- to‘kuvchi baraban 
 


109 
Keramzit xom granulalarini quritish aloxida quritish agregatlarida yoki 
pishirish uchun mo‘ljallangan aylanma pechlarda amalga oshiriladi. Bitta aylanma 
pechda quritish va pishirishni birgalikda bajarish xom granulalarni tayyorlovchi 
qurilma va pechning tanafussiz ishlashiga bog‘liq. Optimal rejimda gilli granulalarni 
pishirish keramzit olish texnologik jarayonining asosiy qismi xisoblanadi. Gilli 
granulalarning ko‘pchishi bevosita aktiv gazlarning chiqishi va gilning piroplastik 
xolatga o‘tishi bilan mos kelishi shart. Oddiy sharoitda gilni kuydirishda gaz xosil 
bo‘lishi nisbatan past xaroratda sodir bo‘ladi, piroplastikka nisbatan. Masalan, 
magniy karbonatning dissotsiatsiyasi- 600 
0
S gacha, kalsiy karbonatining 
dissotsiatsiyasi(bo‘linishi) - 950 
0
S gacha, gilli minerallarning degidratatsiyasi esa 
800
0
Sgacha xaroratda amalga oshadi. Organik birikmalarning yonishi past xaroratda 
boshlanadi, temir oksidlarining tiklanish reaksiyasi esa- 900 
0
S da yuz beradi. Gilli 
granularning piroplastik xolatga o‘tishi- 1000 
0
S yuqori xaroratda yuz beradi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling