6-mavzu. Sunʼiy gʼovak toʼlliruvchilar. Keramzit ishlab chikarish texnologiyasi. Reja


Keramzit xom granulalarini plastik usulda tayyorlash va kuydirishning


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana13.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1354965
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6 Мавзу

Keramzit xom granulalarini plastik usulda tayyorlash va kuydirishning 
texnologiyasi 
Rasm-6.8. Keramzit xom granulalarini plastik usulda tayyorlash va 
SMS-197 qurilmasida kuydirishning texnologik sxemasi: 

1-gil ombori, greyferli ko‘prik krani bilan jixozlangan; 2- qabul bunkeri; 3- 
gilaralashtirgich; 4-yashikli ta’minlanich; 5-osma beton to‘siq; 6-lentali konveyr; 
7- teshikli valslar; 8-qo‘pol tuyish valslari; 9-lentali shnekli press; 10-mayin 
tuyish valslari; 11-lentali shnekli press; 12- granulalarni quritish barabani; 13-gil 
quritish barabani; 14-elevator; 15-qavat tayyorlovchi; 16-aylanma pech 2,8×20m; 
17-qavat sovitgich; 18-maydalash uskunasi 
Keramzit donasi tashqi yuzasining qizil - qo‘ng‘ir rangi oksidlanish 
reaksiyasini (Fe
2
O
3
) ifodalasa, bo‘linganda qora - kulrang yoki qora rangi tiklanish 
(FeO) muhitini ifodalaydi. 
Keramzitni sovitishning tezligi uning mustahkamlik xususiyatlarini belgilaydi. 
Keramzitni juda tez sovitish, uning donalarini darz ketishiga yoki ularda qo‘shimcha 
zo‘riqishiga olib keladi, bu esa betonda o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Boshqa tarafdan, keramzitni ko‘pchishidan so‘ng juda sekin sovitish xam uning 
sifatini pasaytiradi, bu esa oksidlanish jarayonida FeO ning Fe
2
O

ga o‘tishi bilan 
tushuntiriladi, natijada mustahkamlik pasayadi.


116 
Rasm - 6.9. Qavat sovitgich: 
1- issiqlik almashunivi korpusi; 2- qiya panjara; 3-buriluvchi shibber; 4-
bo‘shatish borti 
Shu sababli keramzitni ko‘pchigandan so‘ng 800-900
0
S haroratgacha juda tez 
sovitish kerak, natijada granulalar strukturasi mustahkamlanadi va temir oksidlarining 
qaytarilish reaksiyasi kuzatiladi. So‘ngra 600-700 
0
S haroratgacha 20 minut davomida 
sekin sovitish tavsiya etiladi, bu o‘z navbatida shisha fazalarning katta bo‘lmagan 
termik zo‘riqishlarsiz qotishini ta’minlaydi, unda krisstalsimon minerallar shakllanadi 
va keramzitning mustahkamligi ortadi. Keyingi bosqichda keramzitni bir necha minut 
davomida nisbatan tezroq sovitish zarurdir. 
Keramzitni sovitishning birinchi bosqichi aylanma pechda unga tushuvchi xavo 
tasirida bajariladi. So‘ngra keramzit xavo yordamida baraban tipidagi sovitgich
qatlam sovitgichlarda, aerojelob sovitgichlarda sovitiladi (rasm 7.8 va 7.10). 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling