6-mavzu. Sunʼiy gʼovak toʼlliruvchilar. Keramzit ishlab chikarish texnologiyasi. Reja


Rasm,6.4. Aylanma pechga olovga bardoshli kukunni kiritish qurilmasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana13.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1354965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
6 Мавзу

Rasm,6.4. Aylanma pechga olovga bardoshli kukunni kiritish qurilmasi: 
1-aylanma pech; 2-kukunning zaxira bunkeri; 3-kukunni kiritish qurilmasi; 4-
gorelka (forsunka); 5-ikkilamchi xavoni kiritish qurilmasi; 6-elevator. 
hisoblanadi. Bu kukun sepuvchi maxsus barabanda yangi tayyorlangan 
granulalar qoplanadi yoki bevositia aylanma pechda ko‘pchish zonasidan oldin 
maxsus qurilma yordamida amalga oshiriladi. Granulalar sirtini kukun bilan qoplash 
ishlab chiqarish jarayonini va pishirish xaroratini barqarorlashtiradi. Natijada 


111 
keramzit uyilma zichligi pasayadi va pechning ishlab chiqarish mahsuldorligi ortadi 
rasm 7.4.). 
Aylanma pechdan chiqadigan issiq gazlarni qayta qo‘llashda yoqilg‘i sarfini 
kamaytiradi. SHu maqsadda pechdan tashqari va pech ichidagi issiqlik 
almashinuvini qo‘llash yoqilg‘i sarfini 10% dan 30% gacha tejashga erishiladi. 
Pechdan tashqari issiqlik almashuvi uchun kuydirish agregati (rasm.6.5.) tarkibiga 
kiruvchi qatlam tayyorlovchi SMS-197 ishlatiladi.
Rasm-6.5. Kuydirish agregati SMS-197:
1- qatlam tayyorlovchi; 2-aylanma pech 2,8 × 20 m; 3- qatlam sovitgich; 4- xom
granulalar 
Qatlam tayyorlovchi qurilmada xom granulalar nafaqat quritiladi, balki 200-300
0

gacha qizdiriladi, natijada uzunligi 20m va diametri 2,8m aylanma pechlar ishlatiladi. 
Keramzitni kuydirishda ishlatiladigan ikki barabanli pechning tayyorlash va ko‘pchish 
zonalari ikkita turli tezlikda harakatlanuvchi barabanlardan tashkil topadi. 
Issitish barabani (kichik diametrli) va ko‘pchish barabani (katta diametrli) bitta 
o‘qda joylashgan bo‘ladi, ya’ni birinchisi ikkinchisi ichiga kiradi yoki turli o‘qlarda 
joylashtiriladi, bunda ular oraliq kamera (rasm.6.6.) bilan bog‘lanadi.
Rasm 6.6. Ikki barabanli pechning sxemasi:
a- bitta o‘qda joylashgan barabanlar; b- turli o‘qlarda joylashgan 
barabanlar; 1-issitish barabani; 2-oraliq kamera; 3-ko‘pchitish barabani 


112 
Rolikli tayanchalarda turgan xar bir barabanning ekspluatatsiya paytidagi 
holati jiddiy nazorat etiladi, chunki roliklarga tushadigan yuk oshib ketmasligi 
kerak. Isitish barabanlari diametri 2,5-3m va uzunligi 20-35m, ko‘pchish 
barabanlarining diametri 3,5-4,5m va uzunligi 19-24 m ni tashkil etadi. Har bir 
baraban mustaqil yurgizuvchiga ega bo‘lib, uni belgilangan tezlikda aylanishini 
ta’minlaydi.
Barabanlarning aylanish tezligi shu holatda tanlanadiki, bunda ko‘pchish 
barabanidagi to‘shalgan granulalar isitish barabanidagiga nisbatan 1,5-2 marta 
tezroq harakatlanishi kerak. Ikki barabanli pechda har bir xomashyo turi uchun 
optimal issiqlik ishlov berish rejimi tanlanadi. Sanoat miqyosidagi ishlab chiqarish 
shuni ko‘rsatadiki, bu holatda olingan keramzitning sifati ortadi, mahsuldorlik 
oshadi, yoqilg‘i sarfi kamayadi. 
Granula ichida tiklanish muhiti undagi organik aralashmalar yoki 
qo‘shimchalar yordamida ta’minlanadi, biroq pechda oksidlanish muhitida bu 
organik aralashmalar va qo‘shimchalar yonishi mumkin. SHu sababli xom 
granulalarni isitishga tayyorlash jarayonida oksidli gazli muxitning bo‘lishi shart 
emas, biroq boshqa nuqtai nazar bo‘yicha ko‘pchimagan zich qobig‘li o‘ta 
mustahkam keramzit shag‘alini olish mumkin. Bunday 3mm gacha qalinlikdagi 
qobig‘ granulalar yuzasida organik aralashmalaning oksidli muxitda yonishida 
yuzaga keladi. 
Biroq keramzit ishlab chiqarishda xomashyoning ko‘pchish koeffitsientini 
oshirish zarur, chunki yuqori mustahkamlikdagi to‘ldiruvchi olishda 
ko‘pchimaydigan yoki kam ko‘pchiydigan gilli xomashyo ko‘p uchraydi, yaxshi 
ko‘pchiydigani esa etarli bo‘lmaydi.
Keramzit shag‘alida etarli qalinlikdagi zich qobig‘ning mavjudligi 
xomashyoni ko‘pchishi qobiliyatidan to‘la foydalanilmaganligi bilan tushuntiriladi 
va maxsulot chiqishi kamayadi.
Kuydirish qurilmasining mahsuldorligi (m
3
/yil):

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling