6-mavzu. Sunʼiy gʼovak toʼlliruvchilar. Keramzit ishlab chikarish texnologiyasi. Reja


Keramzit ishlab chiqarish asoslari


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana13.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1354965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
6 Мавзу

 
Keramzit ishlab chiqarish asoslari 
Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: 
- xomashyoni kondan qazib olish va korxonaning zahira omboriga jo‘natish; 
- xomashyoni qayta ishlash va kerakli o‘lcham, bir jinsli keramik massaga ega
xom granulalarni tayyorlash; 
- xom granulalarga termik ishlov berish, ya’ni isitish, kuydirish va sovitish 
natijasida tayyor mahsulot olish; 
- olingan mahsulotni navlarga ajratish yoki zichligi bo‘yicha taqsimlash
- g‘ovak to‘ldiruvchi (keramzit shag‘ali)ni omborlarga joylash. 
Gil xomashyosini qazib olishda bir cho‘michli va ko‘p cho‘michli ekskavatorlar 
ishlatiladi. YUmshoq gilli jinslar kondan mavsumiy qazib olinadi, toshsimon gilli 
jinslar esa yil bo‘yi qazib olinadi. Gil xomashyosi gil saqlagichlarda yoki maxsus 
konuslarda saqlanadi.
Xomashyoni qayta ishlash usuli xomashyoning xususiyatlaridan kelib chiqiladi, 
g‘ovak to‘ldiruvchilarning sifati esa termik ishlov berish rejimiga bog‘liq.
Keramzit shag‘ali ishlab chiqarishning to‘rtta asosiy texnologiyasi mavjud: 
quruq, plastik, poroshok-plastik va ho‘l(shliker). 
Quruq usuli. Gilli xom ashyo tshsimon (zich quruq gilli jinslar, gilli slanetslar) 
bo‘lganda qo‘llaniladi. Bu usul sodda: xom ashyo maydalanadi va aylania 


107 
pechga yo‘naltiriladi. Gilli jinslar bir tarkibli, zararli qo‘shimchalar bo‘lmaganda 
bu usulni qo‘llash samarali. Bunda, ko‘pchish koeffitsienti yuqoriligi bilan 
xususiyatlanadi. Xom ashyo uvoqlari namligi 9% dan oshmasligi kerak. 
Keramzit olishning keng tarqalgan usuli bu plastik usulidir. YUmshoq 
gilli xomashyo bu usulda nam holatda valslarda, gil aralashtirgichlarda va 
boshqa agregatlarda qayta ishlanadi (g‘isht ishlab chiqarish kabi). Plastik gilli 
massadan lentali shnekli pressda yoki teshikli valslarda silindr shaklidagi xom 
granulalar tayyorlanadi, bu granulalar keyingi transportyorda uzatishda va qayta 
ishlov berishda yumaloq shaklga ega bo‘ladi. Xom granulalarning sifati tayyor 
keramzit shag‘alining sifatini belgilaydi. SHu sababli gilli xomashyoni 
yetarlicha qayta ishlash, bir xil o‘lchamli zich granulalarni olish zarur. 
Granulalarning o‘lchami berilgan xomashyoning ko‘pchish koeffitsienti va 
keramzit shag‘alining talab etilgan yirikligi bo‘yicha o‘rnatiladi.
Asosan gilni ishlov berishda namligi 18-28% ni tashkil etadi. Namligi 
20% bo‘lgan granulalar to‘g‘ri aylanma pechga yuborilishi mumkin yoki 
aylanma pechdan chiqadigan issiq gazlarni qabul qiluvchi issiqlik almashuvi 
agregatlarda va quritish barabanida dastlabki quritiladi. Pechning ishlab 
chiqarish mahsuldorligi granulalarni oldindan quritish natijasida oshadi. Plastik 
usulda keramzit ishlab chiqarish quruq usulga nisbatan ko‘proq sarmoya va 
energiya sarfini talab etadi. Biroq gilli xomashyoning tabiiy strukturasining 
buzilishi, gomogenizatsiyasi va qo‘shimchalar kiritilishi uning ko‘pchish 
koeffitsientini oshishiga olib keladi.
Kukun-plastik usuli plastik usulidan farqi shundaki, daslab quruq gilli 
xom ashyoni tuyib kukun olinadi, so‘ng bu kukundan suv qo‘shib plastik gilli 
massa tayyorlanib, yuqorida qayd etilgan usulda, undan granulalar shakllanadi. 
Quyidagi bir nechta holatlarda xomashyo tayyorlashning bu usuli o‘zini oqlaydi: 
agar xomashyo tarkibi bo‘yicha bir jinsli bo‘lmasa, u holda uni kukun holatida 
aralashtirish va so‘ndirish oson kechadi; agar qo‘shimcha kiritiladigan bo‘lsa, u 
holda to‘yish vaqtida kiritilgan qo‘shimcha bir tekis taqsimlanadi; agar 
xomashyoda xavfli qo‘shimchalar bo‘lgan ohak va gips donalari mavjud bo‘lsa, 
unda tuyilgan holatda butun hajm bo‘yicha ular xavf tug‘dirmaydi; xomashyoni 
bunday puxta qayta ishlash uning ko‘pchishini yaxshilasa, u holatda chiqadigan 
yuqori sifatli keramzit sarflangan xarajatlarni oqlaydi. 
Ho‘l (shliker) usulining plastik usulidan farqi shundaki, gillar maxsus 
katta sig‘imdagi – gilaralashtirgichlarda suv qo‘shib aralashtiriladi. Olinadigan 
shliker namligi 50%. SHliker nasos yordamida shlambasseynga uzatiladi va u 
erdan aylanma pechga uzatiladi. Bu usulda aylanma pechning kiraverishida 
osilgan zanjirlardan parda tashkil etiladi. Zanjirlar issiqlikni almashtirib 
beruvchi qurilma vazifasini bajaradi, ular pechdan chiqayotgan gazlar 
yordamida qizdiriladi va shlikerni quritib granulalarga ajratadi. Granulalar 


108 
yumalab quriydi, qiziydi va kupchiydi.usulning kamchiligi – yoqilg‘ini yuqori 
sarfi (katta namlikdagi shlikerni quritishga sarflanadi). Afzalligi, bu usulda xom 
ashyo bir jinsligi ta’minlanadi, qushimchalar kiritish oson (qo‘shimchalar bir 
tekisda taqsimlanadi), xom ashyodan toshli qo‘shimchalarni ajratish sodda. Bu 
usul, qazib olinadigan gilli xom ashyo yuqori nam bo‘lsa tavsiya etiladi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling