6-mavzu. Trikotaj to’qimalarining tasnifi


Download 98.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana16.06.2023
Hajmi98.4 Kb.
#1510014
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1.1-rasm. Oddiy to’qimaning tuzilishi 
1-tanda ipi, 2-arqoq ipi 
Trikotaj deb, xalqalardan tashkil topgan to’qima, kiyim yoki matoga aytiladi. 
Trikotajni eni bo’ylab bir qatorda joylashgan xalqalar gorizontal xalqalar qatorini, 
vertikal bo’yicha biri ikkinchisiga ilashib (нанисение) joylashgan xalqalar vertikal 
xalqalar ustunchalarini tashkil qiladi [5].
Trikotaj ko’ndalangiga va bo’ylamasiga to’qilgan trikotajlarga bo’linadi. 
Ko’ndalangiga to’qilgan trikotajda xalqalar qatori bir ipning ketma-ket 
egilishidan hosil qilinadi. Bo’ylamasiga to’qilgan trikotajda esa xalqalar qatori
parallel joylashgan tanda iplarining butun bir tizimini bir vaqtning o’zida ignaga 
qo’yilishi va uni egilishidan hosil qilinadi. 


Trikotajning ikki turi: bir va ikki qavatli trikotaj mavjuddir. Bir qavatli trikotaj 
bir ignadonli (bir fonturali) mashinalarda, ikki qavatli trikotaj esa ikki ignadonli (ikki 
fonturali) mashinalarda to’qiladi. Ikki qavatli trikotaj to’qimasi bir yuzli, ikki yuzli va 
ters (orqa) tomonli to’qimalarga bo’linadi. 1.2, a-rasmda bir qavatli ko’ndalangiga 
to’qilgan to’qima xalqalarining tuzilishi va 1.2, b-rasmda bo’ylamasiga to’qilgan 
trikotaj xalqalarining tuzilishi tasvirlangan. Rasmda ko’rsatilgan to’qimaning har bir 
xalqasi xalqa asoslari va xalqa asoslarini birlashtiruvchi qismdan tashkil topgan. 
Unda 1-2-3-4-5 xalqa asosi ikki to’g’ri kesmalardan, yoki tayoqchalardan (1-2 va 4-
5) va yarim aylana yoki igna ustida hosil qilingan 2-3-4 yoydan iborat deb qabul 
qilingan. 
Ko’ndalangiga to’qilgan trikotaj xalqasining 5-6-7 platina yoyi yoki yarim 
aylana ko’rinishidagi qismi bitta xalqalar qatoridagi qo’shni xalqalar asoslarini 
birlashtiradi. 
1.2-rasm. Trikotaj to’qimalarining tuzilishi 
a- bir qavatli ko’ndalangiga to’qilgan to’qima xalqalarining tuzilishi 
b- bo’ylamasiga to’qilgan trikotaj xalqalarining tuzilishi 
Bo’ylamasiga to’qilgan trikotaj to’qimasi xalqasining 5-6 xalqalar asoslarini 
birlashtiruvchi qismi deyarli to’g’ri kesma ko’rinishiga ega bo’lib, ikki qo’shni 
xalqalar qatoridagi yoki bir-biridan bir necha xalqalar qatori oralig’ida joylashgan 
qatorlardagi xalqalarni birlashtiradi. Bundan tashqari, bo’ylamasiga to’qilgan 
trikotaj to’qimasi xalqalarining protyajkasi faqat qo’shni xalqa ustunchalaridagi 
xalqalarni emas, balki bir-biridan biror oraliqda joylashgan ustunchalardagi 
xalqalarni ham birlashtirishi mumkin [6].


Shakli va katta-kichikligi bir xil bo’lgan xalqalardan tashkil topgan bir qavatli 
ko’ndalangiga to’qilgan trikotaj to’qimasi glad’ deb ataladi. 4.1-rasmda glad’ 
to’qimasining tuzilishi, xalqalarining old va orqa tomonlari ko’rsatilgan. 
To’qimaning old tomonida (4.1, a-rasm) asosan xalqalar tayoqchalari ko’rinib 
turadi, xalqa tayoqchalari platina va igna yoylari ustidan o’tib, ularni to’sib turadi. 
To’qimaning orqa tomonida (4.1, b-rasm) asosan igna va platina yoylari ko’rinadi, 
ular xalqa tayoqchalari ustidan o’tib, ularni to’sib turadi. 
4.1-rasm. To’qimalar tuzilishi a-glad’ to’qimasining old tomoni, b-glad’ to’qimasining orqa tomoni, d-
hosilali glad’ to’qimasi 
Glad’ to’qimasi trikotaj korxonalarida juda ko’p ishlab chiqariladi va deyarli 
barcha ichki va sport kiyimlarini, paypoq mahsulotlarini tayyorlashda keng 
qo’llaniladi. Glad’ to’qimasi quyidagi xususiyatlari va o’lchamlari bilan ajralib 
turadi [14, 15]. 

Download 98.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling