6-mavzu. Trikotaj to’qimalarining tasnifi


Echiluvchanlik (распускаемость)


Download 98.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana16.06.2023
Hajmi98.4 Kb.
#1510014
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Echiluvchanlik (распускаемость). Glad’ to’qimasi juda echiluvchan 
bo’ladi, bu esa uning asosiy kamchiligidir, chunki trikotaj to’qimasining pishiqligiga 
teskari ta’sir qiladi. Agar glad’ to’qimasidan to’qilgan matodan tasma shaklida kesib 
olib, ustki yoki pastki xalqalar qatori ipining uchidan tortilsa, trikotaj xalqalari 
ketma-ket echilib ketadi.
Agar glad’ to’qimasi namunasini hoshiyali tasma shaklida ishlab chiqarilsa, 
uni faqat yuqoridan pastga, ya’ni to’quv yo’nalishiga teskari echish mumkin. Agar 
tarang holatdagi glad’ to’qimasining xalqalaridan birining ipi uzilsa, butun xalqa 
ustunchasi echilishi mumkin. Trikotaj to’qimasi xalqa ustunchalarining 
echiluvchanligi trikotaj tarangligi darajasiga, iplar orasidagi ishqalanish 
koeffitsientiga, xalqa ipining uzunligiga va trikotajning zichligiga bog’liqdir.


Trikotajning eni bo’ylab ma’lum darajada cho’zilganda yoki bir vaqtning 
o’zida uzunligi va eni bo’ylab cho’zilganda glad’ to’qimasining xalqalari oson 
echilishi mumkin. Masalan, ayollar paypog’i oyoqqa tarang tortilganda, bitta 
xalqaning uzilishi yondosh xalqalarning tez echilishiga olib keladi. Xalqalar ipining 
uzunligi bir xil bo’lganda glad’ to’qimasining echiluvchanligi iplar orasidagi 
ishqalanish koeffitsientiga teskari munosabatda bo’ladi. Masalan, kapron ipidan 
to’qilgan glad’ to’qimasi, ishqalanish koeffitsienti ko’proq bo’lgan paxta kalava 
ipidan to’qilgan glad’ to’qimasiga qaraganda oson echiladi. 
Glad’ to’qimasining echiluvchanligini kamaytirish uchun quyidagilarni 
tavsiya qilish mumkin: 
- trikotaj to’qimasining cho’ziluvchanlik darajasini kamaytirish; 
- ipning yo’g’onligi bir xil bo’lganda, xalqa ipi uzunligini kamaytirish yoki 
xalqa ipining bir xil uzunligida ipning yo’g’onligini ko’paytirish; 
- iplar orasidagi ishqalanish koeffitsientini ko’paytirish. 

Download 98.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling