6-mavzu. Trikotaj to’qimalarining tasnifi
Buraluvchanlik (закручиваемость)
Download 98.4 Kb. Pdf ko'rish
|
Buraluvchanlik (закручиваемость). Glad’ to’qimasining buraluvchanligi
deb, uning chetlaridan buralish xususiyatiga aytiladi. Glad’ to’qimasining old tomonidan orqa tomoniga buralishi xalqalar ustunchasining vertikal chizig’i bo’yicha, orqa tomonidan old tomoniga buralishi esa, gorizontal xalqalar qatori chizig’i bo’yicha sodir bo’ladi. Glad’ to’qimasining chetlaridan boshlab buralishi egilgan xalqalardagi va iplardagi elastik kuchlar ta’siri ostida iplarning muvozanatlanishga intilishi natijasida sodir bo’ladi. 4.2-rasmda glad’ to’qimasi xalqalarining buralish jarayonida o’zgarish holati ko’rsatilgan. 4.2, a-rasmda xalqalar qatori qirqimda tasvirlangan, 4.2, b-rasmda esa xalqalar ustunchasi qirqimda tasvirlangan. Glad’ to’qimasining to’rtburchakli namunasining buralgan shakli 4.2, d-rasmda keltirilgan. Trikotajning buraluvchanlik darajasi trikotaj ipining elastikligiga va trikotajning zichligiga bog’liqdir. Junli ipdan to’qilgan trikotaj bir xil sharoitda paxta tolasi ipidan ishlab chiqarilgan trikotajga qaraganda ko’proq buraladi, chunki jundan olingan ip, paxta tolasidan olingan ipga qaraganda ko’proq elastiklik xususiyatiga ega. Glad’ to’qimasining buraluvchanligiga shuningdek iplarning qanchalik eshilganligi (крутка) ham ta’sir etadi: ip qanchalik ko’p eshilgan bo’lsa, buraluvchanlik shuncha kuchli bo’ladi. Zichligi ko’proq bo’lgan trikotaj ko’proq buraladi, chunki xalqa iplarining egilish darajasi ko’proq bo’ladi, demak, ko’proq elastiklik kuchiga ega. a - xalqalar qatori bo’ylab; b - xalqalar ustunchasi bo’ylab; d - to’g’ri turtburchak shaklidagi trikotaj namunasining buralishi 4.2-rasm. Glad’ to’qimasining chetlaridan buralish sxemasi Buraluvchanlik glad’ to’qimasining salbiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi, chunki undan tayyorlanadigan buyumlarni bichilgandan keyin tikish qiyin bo’ladi. Shuning uchun glad’ to’qimali trikotaj bichish oldidan dazmollanadi yoki issiq namli ishlov beriladi, bulardan asosiy maqsad trikotaj matosidagi xalqalarni stabillashtirish va iplar elastikligini kamaytirishdir. Biroq glad’ to’qimasining buraluvchanligi ijobiy xususiyat hamdir va shu tufayli undan naqshli to’qimalar olishda keng foydalaniladi, chunki trikotajning glad’ to’qimasi qismida old tomonidan orqa tomoniga va orqa tomonidan old tomoniga burovchi kuchlardan foydalanish hisobiga trikotaj matosida turli bo’rtma (rel’efli) naqshlar hosil qilish mumkin. Download 98.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling