6-mavzu. Trikotaj to’qimalarining tasnifi
Cho’ziluvchanlik (растяжимость)
Download 98.4 Kb. Pdf ko'rish
|
Cho’ziluvchanlik (растяжимость). Bu hususiyat, trikotajga qo’yilgan
kuch ta’sirida uning cho’zilishidir. Cho’ziluvchanlik glad’ to’qimasining ijobiy xususiyatlaridan biridir. Cho’ziluvchanlik trikotajni cho’zilishdagi shakliy o’zgarish (деформация) miqdori va trikotaj matosini yirtishda (uzishda) uzayish miqdori bilan ifodalanadi, qaysiki to’qimaning turiga qarab va iplarning xususiyatlariga qarab qayishqoq va qayishqoq bo’lmagan (qoldiq) bo’lishi mumkin. Qayishqoq deformatsiya (упругая деформация) - trikotajning juda muhim ijobiy xususiyatlaridan biridir va u trikotajning qo’llanishida muhim ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Trikotajning qayishqoq bo’lmagan deformatsiyasi esa uning salbiy xususiyatlaridan hisoblanadi, ayniqsa bu xususiyat glad’ to’qimasidan tikilgan kiyimlardan foydalanish davrida yaqqol ko’rinadi. Glad’ to’qimasidan yaqin - yaqinlargacha ayollar paypoqlari, qo’lqop va ichki kiyimlar ishlab chiqarilgan. Bu buyumlar uchun glad’ to’qimasining cho’ziluvchanlik xususiyati ijobiy xususiyat deb hisoblanadi. Hozirgi vaqtda dunyo bozorida glad’ to’qimasidan ishlab chiqarilayotgan ustki trikotajning yangi turlari masalan, erkaklar ko’ylaklari, ayollar bluzkalari, jemperlar, poluverlar, jaketlar, sviterlar va boshqalar paydo bo’la boshladi, bu buyumlar uchun glad’ to’qimasining cho’ziluvchanligi, bu to’qimaning kamchiligi hisoblanadi. Glad’ to’qimasining cho’ziluvchanlik darajasi ipning yo’g’onligiga teskari mutanosibda, xalqa ipi uzunligiga esa to’g’ri mutanosibdadir, ya’ni ip qanchalik ingichka bo’lsa va xalqa ipi uzunligi qanchalik uzun bo’lsa, glad’ to’qimasining cho’ziluvchanligi shunchalik yuqori bo’ladi. Demak, glad’ to’qimasining cho’ziluvchanligini kamaytirish uchun glad’ to’qimasidan ishlab chiqarilayotgan trikotaj zichligini oshirish yoki yo’g’on ip qo’llash zarur. Glad’ to’qimasi uzunligi bo’ylab cho’zilganda xalqalar qatori balandligi maksimumga kattalashadi, xalqalar qadami esa minimumga kichrayadi. 4.3, a-rasmda uzunligi bo’ylab cho’zilgan glad’ to’qimasi tasvirlangan. a - uzunligi bo’ylab cho’zilgan glad’ to’qimasi; b - eni bo’ylab cho’zilgan glad’ to’qimasi. Download 98.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling