6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering


Download 480.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/50
Sana19.04.2023
Hajmi480.56 Kb.
#1365921
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
Bog'liq
imtixon javoblari 6 sinf tarix

Kushon hukmdori. 
Kushon davlati iqtisodiyotining asosini sug`orma dehqonchilik, savdo va 
hunarmandchilik tashkil qilgan. Kushon davlati davrida suv tegirmoni, chig`ir turlaridan 
keng foydalanildi, yerga ishlov berish qurollari takomillashtirildi. 
Xalchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Zartepa, Qoratepa Kushon davri arxeologik 
yodgorluklaridir. 
2. Mezolit davri (o`rta tosh asri) taxminan miloddan avvalgi l2-7 mingyilliklarda 
davom etgan. Mezolit davri boshlanishi bilan Muzlik davri poyoniga yetdi, bu narsa iqlim 
ancha ilishiga va odamlar turmushida o`zgarishlar bo`lishiga oilb keldi. Mezolit davrida 
inson o`qli kamon yasashni o`rganib oldi. Yoy va o`q kashf etilishi bilan insonda 
chopqir hayvonlar va qushlarni ovlash imkoniyati paydo bo`ldi. 
Mezolit davri oxirida inson hayvonlarni qo`lga o`rgata boshladi. Ovchilar itni qo`lga 
o`rgatishdi, itlar bilan birga ov qilinganda o`lja oldingisiga qara-ganda dehqonchilikka 
o`tish imkoniyatini vujudga keltirdi. O`roqlikka o`tilishi har xil buyumlar tayyoflash 
sohasi bo`lgan hunarmandchilik rivojiga zamin yaratdi. 
Ishlab chiqaruvchi xo`jalik – ancha vaqt urug`ni o`simlik va hayvon yegulik 
mahsulotlari bilan ta`minlab kelgan ziroatchilik va chorvachilikdir. Ziroatchilik 
termachilikdan boshlangan, chorvachilik esa ov va hayvonlarni qo`lga o`rgatishdan kelib 
chiqqan. 


Mingbuloq tumani 13-maktab 
Sobirov Tohirjon
 
@Tohirjon86 
 
10-BILET  
1. Afinada davlat boshqaruvining o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr bildiring.
2. Yunon-fors urushlari haqida ma’lumot bering.
1. Erkak jinsiga mansub barcha fuqaro lar 20 yoshdan boshlab Xalq majlisida ishtirok 
etardilar. Xalq majlisining katta qismi badavlat bo`lmagan hunarmandlar, savdogarlar, 
kunbay ishchilar, dehqonlardan iborat edi. Xalq majlisida omma uchun foydali bo`lgan 
qarorlar qabul qilinar edi. 
Navbatdagi majlis bo`ladigan kun oldindan e`lon qilinardi. Majlis ertalab barvaqt 
tayinlanar, negaki mehnatkash odamlar kunduz kuni majlisga kela olishmasdi. Qorinni 
to`yg`azishga yegulik ishlab topish kerak edi. 
Podsho tomonidan mansabga tayinlanuvchi amaldorlardan farqli o`laroq Afinada 
mansabdor shaxslar Xalq majlisi tomonidan muayyan muddatga saylanar va majlisga 
hisobot berishar edi. Mabodo mansabdor shaxs o`z majburiyatlari ijrosini uddalay 
olmasa, Xalq majlisi bu odamni muddatidan oldin lavozimidan bo`shatar edi. 
Xalq majlisi yangi qonunlarni tasdiqlar, eski qonunlarni bekor qilar, boshqa qarorlar, 
masalan, yangi inshootlar qurilishiga, armiyaga va boshqalarga mablag` ajratish 
to`g`risida qaror qabul qilar edi. 
Har yili saylanadigan Beshyuzlar kengashi kundalik joriy masalalarni hal qilardi. Uning 
qarorlari Xalq majlisida tasdiqlanardi. Beshyuzlar kengashiga strateg rahbarlik qilgan. 

Download 480.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling