Mingbuloq tumani 13-maktab
Sobirov Tohirjon
@Tohirjon86
qo`yishardi, ular koloniyalar tevaragida yashovchi yunon bo`lmagan xalqlarni shunday
nom bilan atashardi.
Ommaviy ko`chib joylashish va koloniyalar tashkil etish miloddan avvalgi VII–VI
asrlarda davom etdi. Bu davr tarixda Buyuk yunon koloniyalashtirishi nomini olgan. Qora
dengiz sohillarida Olviya, Xersones, Pantikapey, Tanais, Fasis, Trapezund va boshqa
yirik koloniyalar vujudga keldi. O`rtayer dengizi sohillarida yuzdan ziyod yunon
koloniyalari tashkil topdi.
Buyuk yunon koloniyalashtirishi miloddan avvalgi VIII–VI asrlarda davom etdi.
Koloniyachilarning yangi mamlakatlar bilan tanishuvi yunon madaniyatini boyitdi.
Masalan, miloddan avvalgi VIII asrda Yunonistonda Finikiya alifbosiga asoslangan
yangi yozuv vujudga keldi. Alifbo 24 ta harfdan iborat bo`lgan. Ular orasida unli harflar
paydo bo`ldi. Koloniyalar va yunon shaharlari O`rtasidagi tovar ayirboshlash va savdo-
sotiq, hunarmandlik va savdo ravnaq topishiga maydon yaratdi. Elladaga g`alla, metallar
va qullar keltirilar edi. Koloniyalarga esa sotish uchun vino, zaytun yog`i, kulolchilik
buyumlari, temirchilar va zargarlar yasagan buyumlarni keltirar edilar.
9-BILET
1. Kushon davlati haqida ma’lumot bering.
2. Mezolit davri haqida ma’lumot bering.
1. Miloddan avvalgi 140–130-yillarda ko`chmanchi yuejey qabilasi Yunon-Baqtriya
davlati hududiga bostirib kirdilar. Tarixda bu qabilalar «kushonlar» nomi bilan tilga
olinadi. Yuejeylarning Yunon-Baqtriya davlatiga bostirib kirishi uning uzil-kesil bo`linib
ketishiga olib keldi. Kushonlar Shimoliy Baqtriya yerlariga ko`chib kelib o`rnashdilar.
Miloddan avvalgi I asrda Kushon davlatini yuejey qabilalari tuzgan.
Birlashgan besh yuejey qabilasining birinchi hukmdori Kudzula Kadfiz bo`ldi.
Kudzula Kadfiz hukmronligi davrida Afg`oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo`shib
olingan. Uning vorisi Vima Kadfiz hukmronligi davrida Kushon davlati hududi yanada
kengaydi. Podsho Kanishka hukmronligi zamonida poytaxt Baqtriyadan Peshovarga
ko`chiriladi, Kushon davlati esa ulkan saltanatga aylanadi. Uning hududi Hindiston va
Xo`tandan O`zbekistonning janubiy viloyatlari va Afg`onistongacha bo`lgan hududlarni
qamragan edi. Rim, Parfiya, Xitoy davlatlari qatorida Kushon davlati ham ulkan
saltanatlardan biriga aylangan. Milodiy III asrda to`xtovsiz urushlar oqibatida Kushon
davlati zavolga yuz tutdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |