Xalq sudi ham Afinada muhim davlat organi bo`lgan. 70 yoshga to`lgan fuqarolar uning
faoliyatida ishtirok etar edilar. Sudda ayblanuvchi shaxs o`zini-o`zi himoya qila bilishi
yoki chiroyli so`zlay oladigan va qonunlarni biladigan odamni yol-lashi shart edi.
2. Miloddan avvalgi V asrda Yunonistonga forslar tahdid sola boshladi. Doro I
hukmronlik qilayotgan Eron yangi-yangi mamlakatlarni bosib olishga intilar edi.
Forslarning Yunonistonga harbiy yurishlari yunon-fors urushlari nomini olgan, ular
miloddan avvalgi 490-yildan boshlanib 449-yilga qadar davom etgan.
Yunonistonning barcha shaharlarida fors elchilari paydo bo`lishdi, ular: «Bizning
hukmdorimiz, buyuk shahanshoh Doro, kunchiqardan kunbotargacha barcha odamlarning
birdan-bir egasi sizdan yer va suv talab qilmoqdadir», deb baralla aytishardi.
Yunon-fors urushlari miloddan avvalgi 490-yildan boshlanib 449-yilga qadar davom
etgan.
Yunonistondagi ayrim shaharlar aholisi forslarga qarshilik ko`rsatishning sira iloji yo`q
deya hisoblashar, shahanshoh Doro I ning shartlarini qabul qilishga rozi edilar. Afina va
Sparta bosqinchilarga itoat etmaslikka ahd qildi. Eron elchilari Afinaga kelganda, shahar
aholisi g`azabdan ularni o`ldirib, qoyadan otib yubordilar. Elchilarni chuqur quduqqa
tashlab yuborgan spartaliklar esa zaharxanda bilan: «Yetarlicha suvni ham, yerni ham
quduq tubidan topasizda!» deyishgan ekan.
Miloddan avvalgi VI asr oxirida Fors shohlari Kichik Osiyodagi yunon shahar-
davlatlarini bosib oldilar. Afina hukmdori yunon polislariga yordam qo`lini cho`zdi.
Bundan g`azablangan Doro I Afinadan shafqatsiz qasos olishga ahd qildi.
11-BILET
1. Qadimgi Xitoy Sin sulolasi davrida.
2. O‘rta Osiyoning temir davriga o‘tishi.
1. Xitoyni yagona davlatga birlash tirish jarayoniga Xitoy davlatlaridan biri
bo`lmish Sin davlati hukmdori boshchilik qiladi. Sin davlati hukmdori
raqiblarini tor-mor etdi, Xitoyni o`z hokimiyati ostida birlashtirdi. Shundan
keyin u Sin Shixuandi (miloddan avvalgi 246–210-yillar) nomini qabul
qilgan, bu nom «Sinning birinchi hukmdori» degan ma`noni bildiradi. O`z
davlati hududini 36 viloyatga taqsimlagan hukmdor har biriga imperator
noyiblarini rahbar etib tayinladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |