Diktant matni bilan tanishtirish
Kitobni seving.
Kitobni seving. Kitob yaxshi maslahatchi. U eng yaqin do‘st, yo‘l ko‘rsatuvchi, o‘qituvchi. Demak, kitob bizning do‘stimiz. Do‘stingizga xiyonat qilmang. Uni ehtiyot qiling. Kitobni yirtmang, tashlamang.
Uning sahifalariga chizmang, buklamang. Kitobni toza tuting. Unda o‘tgan zamonlar haqida qiziqarlima’lumotlar bor. Kitobni o‘qib, bilimlaringizni boyiting. Eng yaxshi kitobxon bo‘lishga harakat qiling.
Yanqi so’zlar bilan ishlash
maslahatchi sahifa xiyonat ehtiyot qilmoq ma’lumot
Diktant yozish.
Tekshirish
Uyga vazifa. Takrorlash
Dars yakuni
4-sinf Sana
Mavzu Uyimiz
Dars maqsadlari:
1.Ta’limiy: o’quvchilarning og’zaki va yozma savodxonligini oshirish. Mavzuga oid faol so’zlar ni o’zlashtirish va amalda qo’llash.
Tarbiyaviy: Yurtimizda bo’layotgan o’zgarishlar asosida o’quvchilarda
faol fuqarolik konsepsiyasini shakllantirish
3.Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqan fikrlash malakasi kompetensiyasini rivojlantirish.
Dars metodlari: interfaol,hamkorlik metodi, aqliy hujum, klaster
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism- 2daq
2..O’tilgan mavzuni takrorlash-10daq
3.Grammatik mavzuni bayoni.-10daq
4.Mustahkamlash mashqlari.-10daq
5.Adabiy o’qish10-daq
6.Mavzu yakuni.-3-daq
Darsning borishi.
Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsad va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.
O’tilgan mavzuni takrorlash
Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni takrorlash
Do'stlaringiz bilan baham: |