Savol-javob o’tkazish
1. Siz qaysi shaharda yoki qishloqda yashaysiz?
2. Sizning uyingiz qaysi ko‘chada joylashgan?
3. Uyingiz necha qavatli?
4. Siz nechanchi qavatda yashaysiz?
5. Uyingizda qanday xonalar bor?
Mashqlar bajarish
2-mashq Savollarga javob bering.
1. Siz qaysi shaharda yoki qishloqda yashaysiz?
2. Sizning uyingiz qaysi ko‘chada joylashgan?
3. Uyingiz necha qavatli?
4. Siz nechanchi qavatda yashaysiz?
5. Uyingizda qanday xonalar bor?
Mustahkamlash
Lug’at ishi
ko‘p qavatli – yo‘lak – chiqindi – atrof – maxsus –
ko‘rkam – beparvo – xohlamoq – ta’sir –
Matn bilan ishlash
SEN YASHAYDIGAN UY
Sen yashaydigan shaharda ko‘p qavatli uylar juda ko‘p. Sen ham ana shu uylarning birida yashaysan. O‘z uyingni yaxshi ko‘rasan. Sen uying atrofi ozoda, ko‘rkam bo‘lishini juda-juda xohlaysan. Shuning uchun ham sen va oila a’zolaring zina va yo‘laklarni doimo tozalaysizlar. Turli chiqindilarni
maxsus axlat qutilariga tashlaysizlar. Uying atrofi toza, chiroyli bo‘lsa, sen xursand bo‘lasan. Boshqalar bu narsalarga beparvo bo‘lganlari uchun uylari atrofida har xil chiqindilar xunuk bo‘lib yotadi. Bunday joylar odamlarga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Sen hech qachon devorlarga hizmaysan,yozmaysan. Boshqalar-chi? Ular ham ozoda, chiroyli uylarda yashashni xohlaydilarmi? Buning uchun nima qilish kerak?-
Mustaqil ish
Matndagi savollarga javob berish
Uyga vazifa. Topishmoqlarning javobini topish
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
4-sinf Sana
Mavzu Bog’da
Dars maqsadlari:
1.Ta’limiy: o’quvchilarning og’zaki va yozma savodxonligini oshirish.
2.Tarbiyaviy: O’quvchilarga mehnat baxt keltirishini ,mehnatsevar inson hayotda qiynalmasligini bolalar ongiga singdirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |