Uyga vazifa. „Maktab bog‘i“ mavzusida 3 – 4 ta gap tuzing.
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
4-sinf Sana
Mavzu Bog’da. Hisob so’zlari
Dars maqsadlari:
1.Ta’limiy: o’quvchilarning og’zaki va yozma savodxonligini oshirish.
2.Tarbiyaviy: O’quvchilarga mehnat baxt keltirishini ,mehnatsevar inson hayotda qiynalmasligini bolalar ongiga singdirish.
3.Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqan fikrlash malakasi kompetensiyasini rivojlantirish.
Dars metodlari: interfaol,hamkorlik metodi, aqliy hujum.
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism- 2daq
2..O’tilgan mavzuni takrorlash-10daq
3.Grammatik mavzuni bayoni.-10daq
4.Mustahkamlash mashqlari.-10daq
5.Adabiy o’qish10-daq
6.Mavzu yakuni.-3-daq
Darsning borishi.
Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsad va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.
O’tilgan mavzuni takrorlash
Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni takrorlash
Yangi mavzu bayoni
O‘zbek tilida narsalarning o‘lchovini ifodalash maqsadida sanoq sonlar bilan birga hisob bildiradigan so‘zlar ham qo‘llanadi.
M a s a l a n : ikki dona olma, uch yashik uzum,
bir piyola choy, olti kilogramm gilos.
1- mashq. Gaplarni o‘qing va hisobni bildirgan so‘zlarni aniqlang.
1. Dala hovlimizga olti tup ko‘chat o‘tqazdik. 2. Buvam bog‘dan ikki bosh uzum uzdilar. 3. Do‘kondan o‘ndona tuxum va uch yuz gramm pishloq oldim. 4. Bog‘dagi so‘rida besh nafar odam o‘tiribdi. 5. Abror daraxt
tagiga ikki chelak suv quydi
Do'stlaringiz bilan baham: |