Lug’at ishi
o‘lka – hasharot – gala-gala uchmoq –
xashak qo‘nmoq – qarg‘a –
Matn ustida ishlash
QARG‘A VA ZOG‘CHA
Qarg‘a bilan zog‘cha o‘lkamizga kuz kirishi bilan uchib keladi. Ularning osmonda gala-gala bo‘lib uchishini ko‘rganmisiz? Qayerlarga qo‘nib, qayerlarda yashashini bilasizmi? Kuzda uchib kelgan qarg‘a va zog‘-
chalar dala hamda bog‘larda yashaydi. Chunki shu joylarda ular o‘z „vazifa“
larini bajaradi. Ayting-chi, bu qushlar qanday foyda keltiradi? Bilasizki, yozda har xil hasharotlar ko‘payadi. Ular sovuq tushishi bilan tuproqqa, xashak va xazonlar orasiga yashirinib oladi. Keyin shu joylarda in qo‘yadi. Qarg‘a va zog‘chalar ana shu yerdagi hasharotlarni terib yeydi. Shudgor qilingan dalalarni tozalab beradi.
Uyga vazifa Meva va sabzavotlar haqida topishmoqlar topish
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
4-sinf Sana
Mavzu Kitob
Dars maqsadlari:
1.Ta’limiy: o’quvchilarning og’zaki va yozma savodxonligini oshirish. Mavzuga oid faol so’zlar ni o’zlashtirish va amalda qo’llash.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, kitob bilim manbai ekanligini bolalar ongiga singdirish
3.Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqan fikrlash malakasi kompetensiyasini rivojlantirish.
Kompetensiya Mavzu yuzasidan hosil qilingan bilim, ko’nikma, malakalarini kundalik hayotda qo’llay olish kompetentligi rivojlantiriladi
Dars metodlari: suhbat, hamkorlik
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism- 2 daq
2..O’tilgan mavzuni takrorlash-10 daq
3.Grammatik mavzuni bayoni.-10 daq
4.Mustahkamlash mashqlari.-10 daq
5.Adabiy o’qish 10 daq
6.Mavzu yakuni.- 3 daq
Darsning borishi.
Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsad va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |