3.Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqan fikrlash malakasi kompetensiyasini rivojlantirish.
Kompetensiya Mavzu yuzasidan hosil qilingan bilim, ko’nikma, malakalarini kundalik hayotda qo’llay olish kompetentligi rivojlantiriladi
Dars metodlari: suhbat, hamkorlik
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism- 2 daq
2..O’tilgan mavzuni takrorlash-10 daq
3.Grammatik mavzuni bayoni.-10 daq
4.Mustahkamlash mashqlari.-10 daq
5.Adabiy o’qish 10 daq
6.Mavzu yakuni.- 3 daq
Darsning borishi.
Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsad va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.
O’tilgan mavzuni takrorlash
Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni takrorlash
Yangi mavzu bayoni Ancha ilgari bo‘lib o‘tgan harakatni bildirish uchun -gan qo‘shimchasidan foydalanamiz. Masalan: Men bu kitobni o‘qiganman.
Birlik:
I shaxs Men o‘qi + gan + man
II shaxs Sen o‘qi + gan + san
III shaxs U o‘qi + gan
Ko‘plik:
I shaxs Biz o‘qi + gan + miz
II shaxs Siz o‘qi + gan + siz
III shaxs Ular o‘qi + gan + lar
2- mashq. Gaplarni ko‘chiring, -gan qo‘shimchasining tagiga chizing.
1. Ibn Sino tibbiyot haqida ko‘p kitob yozgan.
2. Ko‘p o‘qigan unib-o‘sar, o‘qimagan uyatga qolar.
3. Sport bilan shug‘ullangan inson sog‘lom bo‘ladi.
Rasm asosida ishlash rasmlarda tasvirlangan narsalar haqida savol bering va gaplar tuzing. Tuzgan gaplaringizni ko‘chirib yozish.
KITOB NIMA DESALAR
Kitob nima, desalar,
Kitob – bu kon, dedilar.
Qo‘shilmayman hech bunga,
O‘xshamaydi u konga.
Yillar, asrlar o‘tib,
Konda ma’dan tugaydi.
Gaz-u temir, ko‘mir ham
Oz-ozdan tugaydi.
Kitoblar-chi, aksincha,
Oshib borar yilma-yil.
Turar dunyo turguncha
Ko‘chib yurar tilma-til.
Miraziz A’zam
Do'stlaringiz bilan baham: |