Mustahkamlash
Mashqlar bajarish
1- mashq. Savollarga javob yozing.
birinchi
o‘zbekcha
Siz o‘qigan eng qiziqarli kitobning nomi nima?
sarguzasht
Lug’at ishi
maslahatchi – yo‘l ko‘rsatuvchi – o‘tgan zamonlar – qiziqarli ma’lumot – tashlamoq – sahifa –
yirtmoq – xiyonat – ehtiyot qilmoq –
buklamoq –
Matn ustida ishlash
Kitobni seving.
Kitob yaxshi maslahatchi. U eng yaqin do‘st, yo‘l ko‘rsatuvchi, o‘qituvchi. Demak, kitob bizning do‘stimiz. Do‘stingizga xiyonat qilmang.
Uni ehtiyot qiling. Kitobni yirtmang, tashlamang. Uning sahifalariga chizmang, buklamang. Kitobni toza tuting. Unda o‘tgan zamonlar haqida qiziqarli ma’lumotlar bor. Kitobni o‘qib, bilimlaringizni boyiting. Eng yaxshi kitobxon bo‘lishga harakat qiling.
Uyga vazifa She’rni yodlash
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
4-sinf Sana
Mavzu Kitob. -gan qo’shimchasining birlik sonda tuslanishi
Dars maqsadlari:
1.Ta’limiy: o’quvchilarning og’zaki va yozma savodxonligini oshirish. Mavzuga oid faol so’zlar ni o’zlashtirish va amalda qo’llash.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, kitob bilim manbai ekanligini bolalar ongiga singdirish
3.Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqan fikrlash malakasi kompetensiyasini rivojlantirish.
Kompetensiya Mavzu yuzasidan hosil qilingan bilim, ko’nikma, malakalarini kundalik hayotda qo’llay olish kompetentligi rivojlantiriladi
Dars metodlari: suhbat, hamkorlik
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism- 2 daq
2..O’tilgan mavzuni takrorlash-10 daq
3.Grammatik mavzuni bayoni.-10 daq
4.Mustahkamlash mashqlari.-10 daq
5.Adabiy o’qish 10 daq
6.Mavzu yakuni.- 3 daq
Do'stlaringiz bilan baham: |