6-sinf Sana


Download 0.54 Mb.
bet2/72
Sana03.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1076435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
4-синф дарс ишланма

She’r usnida ishlash
Gul Vatanim,
Olamda sen
Tengsiz, yagona.
Istiqloling –
Iqbolimiz,
Mehribon ona.
Dildan madhing
Kuylab bizlar
O‘samiz shodon.
Kelajagi
Porloq yurtim –
Hur O‘zbekiston.


Uyga vazifa. 3- topshiriqdagi she’rni yod oling.


Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.

4-sinf Sana


Mavzu Vatan
Dars maqsadlari:
1.Ta’limiy: o’quvchilarning og’zaki va yozma savodxonligini oshirish.Mavzuga oid faol so’zlar ni o’zlashtirish va amalda qo’llash.
Tarbiyaviy:Milliy va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida o’quvchilardVatanga muxabbat,sodiqlik tuyg’ularini bolalar ongiga singdirish.


3.Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqan fikrlash malakasi kompetensiyasini rivojlantirish.


Dars metodlari: interfaol,hamkorlik metodi, aqliy hujum, klaster


Dars rejasi:

1.Tashkiliy qism- 2daq


2..O’tilgan mavzuni takrorlash-10daq
3.Grammatik mavzuni bayoni.-10daq
4.Mustahkamlash mashqlari.-10daq
5.Adabiy o’qish10-daq
6.Mavzu yakuni.-3-daq


Darsning borishi.


Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsad va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.


O’tilgan mavzuni takrorlash
Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni takrorlash


Yangi mavzu bayoni
LUG‘AT
sharqiy – qazilmalar – janubi sharq –- qo‘rg‘oshin –
qism – g‘arbiy – mis – shimoli g‘arb –- daryo – cho‘l – keng – oltin – o‘rmon – quyoshli sahro – ko‘p millatli – rux

O‘ZBEKISTON


O‘zbekiston O‘rta Osiyoning markaziy qismida joylashgan. Vatanimiz keng va bepoyon. Vatanimizning sharqiy va janubi sharq qismida Tyanshan, Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tog‘lari bor. G‘arbiy va shimoli g‘arb qismida yam-yashil vodiylar, katta daryolar, o‘rmonlar, cho‘l va sahrolar bor. O‘zbekiston – serquyosh o‘lka. Yilning 250 – 300
kuni havo ochiq va quyoshli. O‘zbekiston turli foydali qazilmalarga boy. Oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux, tabiiy gaz, neft kabi foydali qazilmalar ko‘p. Vatanimiz o‘zining paxtasi, pillasi bilan mashhur.
Vatanimiz aholisi ko‘p millatli. Turli millat vakillari inoq va do‘st bo‘lib yashaydilar. Biz o‘z Vatanimizni sevamiz.


Mustahkamlash

  1. Matn mazmunini so‘zlab bering.

  2. Mashq bajarish

    1. mashq. So‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, gaplarni to‘g‘ri tuzishga harakat qiling.
      Vatanimizning, bir, har birimiz, zarrachasimiz.
      O‘zbekiston, Vatanimiz, bizning. Yerlari, O‘zbekiston,
      qazilmalarga, turli, boy, foydali. Vatanimiz, mashhur
      paxtasi, bilan, o‘zining, pillasi. Ko‘p millatli, aholisi,
      Vatanimiz.

    2. Maqollarni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering. Daftaringizga ko‘chiring.
      Bulbul chamanni sevar,
      Odam Vatanni.
      Vataning tinch – sen tinch.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling