Mashqlar bajarish
mashq. Nuqtalar o‘rniga quyida berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring. Bu so‘zlardagi u va o‘ tovushlarining talaffuzini farqlang.
Biz tinchlik ... deymiz. Tinchlik quvonch, ..., obodlik, ... keltiradi. Shunda xalqlar ..., ahil yashaydilar. Ammo ... hamma narsani vayron qiladi: odamlar ..., binolar buziladi. Bolalar, bir-biringizga qo‘l berib, inoq ...! Urushurush o‘ynamang. Urush haqidagi, qo‘liga ... ushlagan kishilar haqidagi filmlarni ko‘rmang.
F o y d a l a n i s h u c h u n s o ‘z l a r : to‘qlik, urush, o‘ladi, bo‘lsin, farovonlik, tinch, qurol, yashang.
Mustahkamlash
TINCHLIKNI KUYLAYMIZ
Tinchlik istar butun olam,
Tinch yashashni sevar odam,
Barcha ellar do‘st-qadrdon,
Do‘stlik uyi – O‘zbekiston.
Biz tinchlikni kuylaymiz shod,
Tinchlik bilan ellar obod.
Doimo tinch bo‘lsin jahon,
Tinchlik bo‘lsa – yurt farovon.
Do‘stlik, tinchlik – shiorimiz,
Tinchlik eli – diyorimiz.
Barot Isroil
Lug’at ishi
istamoq – qadrdon –
farovon – shod –
Mustaqil ish.
Savol va topshiriqlarni bajaring.
1. Yuqoridagi she’r nima haqida yozilgan?
2. „Tinchlik“ deganda nimani tushunasiz?
3.Tinchlik mavzusida beshta gapdan iborat bog‘lanishli matn tuzing.
Uyga vazifa She’rni yodlash
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ____________
4-sinf Sana
Mavzu : Har doim bo’lsin tinchlik U va O’ 2- dars
Dars maqsadlari:
1.Ta’limiy: o’quvchilarning og’zaki va yozma savodxonligini oshirish. Mavzuga oid faol so’zlar ni o’zlashtirish va amalda qo’llash.
2.Tarbiyaviy: Tinch hayotning qadriga yetish kerakligini bolalar ongiga singdirish, ularda Vatanga muhabbat,sodiqlik tuyg’ularini kuchaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |