Uyga vazifa She’rni yodlash
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ____________
4-sinf Sana
Mavzu Sport va salomatlik 1- dars
Dars maqsadlari:
1.Ta’limiy: o’quvchilarning og’zaki va yozma savodxonligini oshirish. Mavzuga oid faol so’zlar ni o’zlashtirish va amalda qo’llash.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni sog’lom turmush tarzi bilan tanishtirish, sog’lom tanda – sog’ aql ekanligini bolalar ongiga singdirish, sport so’g’lik garovi ekanligini o’quvchilarga tushuntirish
3.Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqan fikrlash malakasi kompetensiyasini rivojlantirish.
Kompetensiya: Dars jarayonida olgan bilim, ko’nikma, malakalarini hayotda qo’llay olish kompetensiyasini shakllantirish
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism- 2daq
2..O’tilgan mavzuni takrorlash-10daq
3.Grammatik mavzuni bayoni.-10daq
4.Mustahkamlash mashqlari.-10daq
5.Adabiy o’qish10-daq
6.Mavzu yakuni.-3-daq
Darsning borishi.
Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsad va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.
O’tilgan mavzuni takrorlash
Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni takrorlash
Yangi mavzu bayoni
Suhbatni o’qish va savol-javob o’tkazish
Sog‘lom bo‘lish uchun nima qilish kerak?
Siz sportning qanday turlarini bilasiz?
Badanni chiniqtirish foydalimi?
Sizga sportning qaysi turlari yoqadi?
Sizga sportning qaysi turi bilan shug’ullanasiz?
Grammatik mavzuni tushuntirish
Harakat nomlari -(i)sh qo‘shimchasi vositasida ifodalanadi. Masalan: sakrash, suzish, o‘ynash, chopish, to‘p urish, mashq qilish kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |