6-sinf Sana


Download 0.54 Mb.
bet64/72
Sana03.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1076435
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72
Bog'liq
4-синф дарс ишланма

4-чорак
4-sinf Sana


Mavzu: Orasta bo’ling 1- dars
Dars maqsadlari:
1.Ta’limiy: o’quvchilarning og’zaki va yozma savodxonligini oshirish. Mavzuga oid faol so’zlar ni o’zlashtirish va amalda qo’llash.


Tarbiyaviy: O’quvchilarni shaxsiy gigiena qoidalari bilan tanishtirish, sog’lom tanda – sog’ aql ekanligini bolalar ongiga singdirish.
3.Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqan fikrlash malakasi kompetensiyasini rivojlantirish.


Kompetensiya: Dars jarayonida olgan bilim, ko’nikma, malakalarini hayotda qo’llay olish kompetensiyasini shakllantirish


Dars rejasi:

1.Tashkiliy qism- 2daq


2..O’tilgan mavzuni takrorlash-10daq
3.Grammatik mavzuni bayoni.-10daq
4.Mustahkamlash mashqlari.-10daq
5.Adabiy o’qish10-daq
6.Mavzu yakuni.-3-daq


Darsning borishi.


Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsad va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.


O’tilgan mavzuni takrorlash
Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni takrorlash


Yangi mavzu bayoni
Suhbatni o’qish va savol-javob o’tkazish
Siz sinfingizda tozalikka rioya qilasizmi?
Buning uchun nima ishlar qilasizlar?
Sinfingizda o‘zingizni qanday tutasiz?
Grammatik mavzuni tushuntirish
-lik qo‘shimchasi sifatlarga qo‘shilib, belgi-xususiyat otlarini yasaydi.
Masalan: toza + lik – tozalik, ozoda + lik – ozodalik, orasta + lik – orastalik.

  • Mashqlar bajarish

1- mashq. O‘qing, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
ORASTA O‘QUVCHI
Nigora 4- sinfda o‘qiydi. U a’lochi, xulqi namunali qiz. Sinfimiz o‘quvchilari Nigoraga havas qilishadi. O‘qituvchimiz Ozoda opa: „Orasta o‘quvchi
har kuni ertalab turib yuz-qo‘lini yuvadi, tishlarini tozalaydi, sochlarini tarab, kiyimlarini toza tutadi. Ovqatlanishdan oldin, albatta, qo‘lini sovunlab yuvadi. Maktabdan kelib, kiyimlarini qoqib, oyoq kiyimini tozalab joyiga qo‘yadi“, – deydilar. Biz o‘qituvchimizning aytganlarini bajarishga harakat qilamiz.
Ayting-chi, orasta o‘quvchi yana qanday xislatlarga ega bo‘lishi kerak?

2- mashq. Birinchi ustundagi so‘zlarga ikkinchi ustundan mos so‘zlarni topib, so‘z birikmalari yasang. Bu so‘z birikmalari yordamida gaplar tuzing.


2- topshiriq Berilgan so‘zlarga -lik qo‘shimchasini qo‘shib, yangi so‘zlar hosil qiling. Ularni yoqtirmoq fe’li bilan bog‘lab, tasdiq yoki inkor mazmunini ifodalovchi


gaplar tuzing. N a m u n a : Tozalikni yoqtiraman.
Go‘zal, iflos, ko‘rkam, olifta, qo‘pol, tartibli, muloyim, odobli.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling