60. Пўлат қуймалар олиш жараёни қандай тартибда олиб борилади?


Мис ва унинг қотишмаларини пайвандлаш усулини ёзиб беринг?


Download 436.22 Kb.
bet2/9
Sana19.06.2023
Hajmi436.22 Kb.
#1603132
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Javoblar 60-80 (1)

66. Мис ва унинг қотишмаларини пайвандлаш усулини ёзиб беринг? Mis va uning qotishmalarini payvandlash. Payvandlashda misning issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori, suyuq holatda juda oquvchan boʻlishi va darzlar hosil boʻlishiga juda moyilligi tufayli u yomon payvandlanadi. Xona haroratida misning issiqlik oʻtkazuvchanligi texnik temirning issiqlik o’tkazuvchanligidan olti marotaba ortiq, shuning uchun mis va uning qotishmalarini yuqori pogon issiqlik energiyasida, koʻpincha asosiy metallni oldindan yoki jarayon davomida qizdirib payvand- lanadi. Qattiq holatdan suyuq holatga o’tayotganda mis ko’p miqdorda issiqlik ajratadi (suyuqlantirish yashirin issiqligi), shuning uchun pay- vandlash vannasi suyuq holatda poʻlatni payvandlashdagiga qaragan- da ancha uzoq muddat saqlab turiladi. Mis suyuq holatda juda oquv- chan bo’lganligi uchun uni tik, yotiq va ayniqsa ship vaziyatlarda payvandlash qiyin. Kislorod ishtirokida vodorod misning xossalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Yuqori payvandlash haroratlarida mis tarkibiga kiradigan vodorod mis oksidining kislorodi bilan reaksiyaga kirishib (Cu₂O+2H-H,O+2Cu) suv bug’i hosil qiladi, bug’ kengayishga intilib boradi. Jezni payvandlash. Jez misning rux bilan qotishmasidan iboratdir, jezning suyuqlanish harorati 800-1000 °C. Yoy yordamida payvandlaganda jezdan rux jadal bug’lanib chiqadi; suyuqlangan metall payvandlash vannasida suyuq metall qotayotganida ajralib chiqishga ulgurmagan vodorodni yutadi, natijada chokda gaz g’ovaklari paydo bo’ladi. Vodorod payvandlash vannasiga qoplamadan, flyus yoki havodan tushadi. Jezni qoplamali elektrodlar bilan kamdan-kam hollarda, asosan quymadagi brakni to’g’rilashda payvandlanadi. Bunga sabab shuki, rux gaz alangasida yoki yoy yordamida flyus qatlami ostida, yoxud yoy yordamida himoya gazlari muhitida payvandlashga nisbatan jadal buglanadi. 67. Алюминий ишлаб чиқариш усулини ёзиб беринг?Alyuminiyni uning rudalaridan olish texnologiyasi quyidagi ikki mustaqil jarayonga boʻlinadi: 1. Alyuminiy oksidini alyuminiy rudalaridan olish; 2. Toza alyuminiyni uning oksidlaridan ajratib olish. Alyuminiy oksidini alyuminiy rudalaridan olish. Toza alyumi- niy oksidini alyuminiy rudalaridan korxona sharoitida olishda, rudaning tarkibidagi giltuproqqa, temir, titan oksidlarning miqdoriga qarab ishqoriy usuldan yoki elektr-termik usuldan foydalaniladi. 1.Ishqoriy usul. Bu usuldan yuqori kremniyli va temirli boksitlardan giltuproq (Al,O,) olishda foydalaniladi. 1.Elektr-termik usul. Bu usul prof. Kuznetsov A.N. va Jukovskiy tomonidan yaratilgan hamda Dnepropetrovsk alyuminiy kombinatida ishlab chiqarishga joriy etilgan. Bu usuldan tarkibida 20% gacha SiO, bo’lgan boksitlardan Al,O,, ni ajratib olishda foydalaniladi. Toza alyuminiyni uning oksidlaridan ajratib olish. Hozirgi vaqtda kriolit (3NaF AIF) da erigan giltuproqni elektroliz qilish yo’li bilan alyuminiy olinadi. 37-rasmda alyuminiyni giltuproqdan ajratib olishda ishlatiladigan moslamaning sxemasi keltirilgan.



Download 436.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling