60. Пўлат қуймалар олиш жараёни қандай тартибда олиб борилади?


Қаттиқ қотишмалар ва ишлатилиш жойлари ҳақида тушунча беринг


Download 436.22 Kb.
bet7/9
Sana19.06.2023
Hajmi436.22 Kb.
#1603132
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Javoblar 60-80 (1)

74. Қаттиқ қотишмалар ва ишлатилиш жойлари ҳақида тушунча беринг Texnikada qotishmalar maxsus pechlarda bir yoki bir necha metall- ni yoxud metalloidlarni qo’shib eritish yo’li bilan hosil qilinadi. Ele- mentlarning bunday murakkab qotishmasiga cho’yan, po’lat, bronza, duralyuminiy, jez (latun) va boshqalar misol bo’la oladi. Ba’zi qotishmalar shu qotishma tarkibiga kiruvchi elementlardan tayyorlangan kukunlar aralashmasini maxsus qoliplarda presslash orqali olingan mahsulotni (tarkibiga qarab) 1100-1403 °C haroratda qizdirish yo’li bilan ham hosil qilinadi. Bunday qotishmalarga keskichlar uchun ishlatiladigan qattiq qotishma plastinalari va ko’pgina metall-keramik detallar misol bo’la oladi. Qotishmalarning xossalari ularning kimyoviy tarkibiga va ichki tuzilishiga bog’liq. Qotishmalar tarkibiga kiruvchi elementlarning turiga, miqdoriga va oʻzaro munosabatiga ko’ra ularda: mexanik aralashma, kimyoviy birikma va qattiq eritma hosil boʻlishi mumkin 75. Электрод ва ишлатилиш жойлари ҳақида тушунча беринг? Asosan, ustma-ust va tavr birikmalarda qo’llaniladi. Bunday biriktirish orqali mustahkam biroq zich bo’lmagan birikmalar hosil qilinadi. Payvand choklar payvand birikmalar koʻrinishiga hamda chok kesimining geometrik shakliga ko’ra uchma-uch va burchakli choklarga ajratiladi. Uchma-uch choklar uchma-uch, tores, yonlama ba’zan esa burchakli birikmalar hosil qilishda ham qo’llaniladi. Burchakli chok ustma-ust, tavrsimon va burchakli birikmalarda mavjud boʻladi. Uchma-uch choklar tashqi shakliga ko’ra tekis yoki qavariq bo’lishi mumkin. Burchakli choklar botiq qilib ham bajarilishi mum- kin. Qavariq chokli payvand birikmalarga nisbatan statik yuklanishga chidamli. Biroq juda qavariq chokli payvand birikmalarda ortiqcha metall sarflanganligi uchun tejamsiz hisoblanadi. Yassi chokli uchma- uch birikmalar, botiq chokli, burchakli, tavrsimon va ustma-ust payvand birikmalar qavariq chokli birikmalarga nisbatan dinamik (zarbli) yoki o’zgaruvchan yuklanishlarga chidamli bo’ladi. Turli payvand choklarning sifati payvandlash rejimlarining to’g’ri belgilanishi va to’g’ri bajarilishiga ham bog’liq. Odatda, payvand chokning sifatini tekshirish ishlari uch bosqichga bo’linadi: 76. Металларни кесиб ишлаш усулларининг машинасозликдаги ўрни? Mashina-mexanizmlar detallarini kerakli shakl va o’lchamga keltirish uchun tanavor (zagotovka)dan tegishli kesuvchi asboblar yordamida ma’lum miqdordagi metallni qirindi tarzida yo’nish texnologik jarayoni metallarni kesib ishlash (mexanik ishlash) deb ataladi. Metallarni kesib ishlash jarayonlari, asosan, ularning plastik deformatsiyalash va turli energiyalardan (elektr, kimyoviy, yorug’lik va h.) foydalanish orqali olib boriladi. Metallarni kesib ishlash usuli insoniyatga juda qadimdan ma’lum: qo’l bilan ishlatiladigan tokarlik va parmalash dastgohlari XII asrdayoq ixtiro qilingan. Hozirgi zamon metallarni kesish jarayonida qirindi ajralib chiqish qonuniyatlarini, bunda hosil bo’ladigan titrash sabablari, kesish kuchini o’lchash usullari 1870-yilda N.A. Time tomonidan ishlab chiqilgan. Metallarni kesib ishlashda chiqadigan qirindi miqdori chiqishi ta- navorning shakli va o’lchamiga bog’liq. Shuning uchun qirindi chiqishini ya’ni metallning isrofgarchiligini kamaytirish uchun tanavorlarning shakl va o’lchamlari imkoni boricha qulay bo’lmog’i, shu bilan birga texnologik jarayonning tejamli bo’lishini ta’minlamog’i zarur. Metallarni kesib ishlashda mehnat unumdorligini oshirish uchun texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishni hamda ratsionalizatorlik takliflarini tatbiq etish talab qilinadi

Download 436.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling