60. Пўлат қуймалар олиш жараёни қандай тартибда олиб борилади?


Металларни кавшарлаш усулини тушинтиринг?


Download 436.22 Kb.
bet6/9
Sana19.06.2023
Hajmi436.22 Kb.
#1603132
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Javoblar 60-80 (1)

73. Металларни кавшарлаш усулини тушинтиринг? Ikkita metall buyumlar orasidagi chokka boshqa metallni eritib quyish orqali ajralmas birikma hosil qilish jarayoni kavsharlash, ya’ni metallni ulash deyiladi, chokka eritib quyiladigan metall esa kavsharlovchi (ulovchi) metall (kavshar) deyiladi.Kavsharlash jarayoni juda keng tarqalgan texnologik jarayon bo’lib, kavsharlanuvchi metall va qotishmalarga quyidagi talablar qo’yiladi: 1. Kavsharlanuvchi metallning erish haroratlari biriktiriladigan buyumlar (detallar) ning erish haroratidan 50-100 °C past bo’lishikerak. 2. Kavsharlovchi metallar payvandlanadigan detallarning payvand choklariga yaxshi namlanib, yetarli darajada oquv-chanlikka ega bo’lishi va tarqalishi tufayli tegishli choklar bir tekisda to’ldirilgan boʻlishi kerak 3. Buyum (detal) lar metali va kavsharning hosil qilgan payvand birikmalari mustahkam, korroziyabardosh bo’lishi lozim. 1.Kavsharlovchi materiallar qimmatga tushmasligi va kamyob bo’lmasligi kerak.
Shuni aytib o’tish kerakki, kavsharlash usulida sifatli choklar olish uchun kavsharlanuvchi yuzalar egov, shaber yoki jilvir qog’oz bilan yaxshilab tozalanadi. Keyin ular bir-biriga moslab olinadi-da, kavsharlanuvchi yuzlar oralig’ida kavshar o’tishi uchun 0,05-0,15 mm li tirqish qoldiriladi. Biriktiriladigan joylarni oksidlanishdan saqlash maqsadida bu yuzalar flyus (bura) bilan qoplanadi. Kavshar suyuqlanish (erish) haroratigacha qizdirilganda u suyuqlanib kavshar- lanayotgan buyum bo’shliqlarini (choklarini) to’ldiradi, qotgandan keyin ajralmaydigan birikma hosil qiladi. Barcha kavsharlar erish harorati va xossalariga ko’ra yumshoq (oson eriydigan) va qattiq (qiyin eriydigan) xillarga bo’linadi.Yumshoq kavsharlar (qalay, qo’rg’oshin, vismut, kadmiy) ning suyuqlanish harorati 400-500 °C dan ortmaydi. Bu kavsharlardan, odatda, turli idishlar, baklar, rezervuarlami radioelektrotexnikada turli o’tkazgichlarni kavsharlashda foydalaniladi. Ushbu kavsharlar bilan hosil qilingan choklar zich chiqadi, lekin u qadar puxta bo’lmaydi. 200 °C haroratdan ortiq qizdirilmaydigan uzellardagina yumshoq kavsharlardan foydalaniladi.Qattiq kavsharlar (mis, kumush) ning suyuqlanish harorati 450- 500 °C dan yuqori. Bu kavsharlardan, odatda, kesuvchi asboblarning qattiq qotishmali plastinalarini, o’tkazgich quvurlarni, velosiped ramalarini kavsharlashda foydalaniladi. Binobarin ular bilan kavshar- lash uchun maxsus pechlar, asbob va qurilmalar talab etiladi.


Download 436.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling