61. Ozbekiston Respublikasi fuqarolik


Yuridik shaxsning vujudga kelish va tugatish tartibi -


Download 48.56 Kb.
bet10/10
Sana17.02.2023
Hajmi48.56 Kb.
#1207711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fuqarolik huquqi

89. Yuridik shaxsning vujudga kelish va tugatish tartibi - 42-modda. Yuridik shaxslarning vujudga kelishi - Yuridik shaxslar mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladi.
Yuridik shaxsning ustavi va boshqa ta’sis hujjatlarida yuridik shaxsning nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili), yuridik shaxs faoliyatini boshqarish tartibi belgilab qo‘yilishi, shuningdek ularda tegishli turdagi yuridik shaxslar to‘g‘risida qonunda nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar va unitar korxonalarning, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, boshqa tijoratchi tashkilotlarning ham ta’sis hujjatlarida yuridik shaxs faoliyatining sohasi va maqsadlari belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
53-modda. Yuridik shaxsni tugatish - Yuridik shaxsni tugatish uning huquq va burchlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga o‘tmasdan bekor qilinishiga olib keladi.
uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq, shu jumladan yuridik shaxsning amal qilish muddati tugashi, uni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan yoki yuridik shaxsni tashkil qilish chog‘ida qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib bo‘lmasa, sud yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishni haqiqiy emas deb topganida;
faoliyat litsenziyasiz, faoliyat (harakatlar) ruxsatnomasiz yoxud vakolatli organni xabardor qilmasdan amalga oshirilgan yoki qonunda taqiqlangan faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga ko‘ra.
90. Zakalat majburiyatlarni bajarilishini ta`minlash usuli sifatida - Shartnoma tuzayotgan taraflardan biri shartnoma tuzilganligini isbotlash va uning ijrosini ta’minlash yuzasidan beradigan pul summasi zakalat hisoblanadi. Zakalat to‘g‘risidagi kelishuv zakalatning summasidan qat’i nazar, yozma ravishda tuzilishi kerak
312-modda. Zakalat bilan ta’minlangan majburiyatni bekor qilish va bajarmaslik oqibatlari - Majburiyat uni bajarishdan oldin taraflarning kelishuviga muvofiq yoki bajarishning imkoni yo‘qligi oqibatida bekor qilingan taqdirda zakalat puli qaytarib berilishi kerak. Agar shartnomaning bajarilmasligi uchun zakalat puli bergan taraf javobgar bo‘lsa, zakalat ikkinchi tarafda qoladi. Agar shartnomaning bajarilmasligi uchun zakalat olgan taraf javobgar bo‘lsa, u ikkinchi tarafga zakalatni ikki baravar qilib qaytarishi shart. Bundan tashqari, shartnomaning bajarilmasligi uchun javobgar bo‘lgan taraf, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, zakalat summasini hisobga olgan holda ikkinchi tarafga zararlarni to‘lashi shart.
Download 48.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling