84. Umrbod ta`minlash sharti bilan uy-joy (kvartirani) boshqa shaxsga berish –
530-modda. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi - Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasiga muvofiq, bir taraf (oluvchi) yoshi yoki sog‘lig‘i tufayli mehnatga layoqatsiz bo‘lgan boshqa taraf (boshqa shaxsga beruvchi)ni natura holida (uy-joy berish, ovqatlantirish, parvarishlash va zarur yordam ko‘rsatish tarzida) umrbod moddiy ta’minlash majburiyatini oladi, boshqa shaxsga beruvchi esa oluvchiga uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani mulk qilib berish majburiyatini oladi.
85. Unitar korxona fuqarolik huquqi subyekti sifatida - 70-modda. Unitar korxona
O‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi.
Unitar korxonaning mol-mulki bo‘linmasdir va u qo‘shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo‘yicha, shu jumladan korxona xodimlari o‘rtasida ham, taqsimlanishi mumkin emas. Unitar korxonaning ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari korxona ustav fondining miqdori to‘g‘risidagi, uni tashkil etish tartibi va manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Unitar korxonaning mol-mulki unga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida tegishlidir.Unitar korxonaning firma nomida uning mol-mulkining egasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
86. Yuridik faktlar fuqarolik-huquqiy munosabatlarning vujudga kelish, o’zgartirish va bekor qilish asoslari sifatida
87. Yuridik shaxslar fuqarolik huquqi subyektlari sifatida
88. Yuridik shaxslarning huquq layoqati va muomala layoqati - Yuridik shaxs o‘zining ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyati maqsadlariga muvofiq fuqarolik huquq layoqatiga ega bo‘ladi. Yuridik shaxsning huquq layoqati u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi va uni tugatish yakunlangan paytdan e’tiboran tugatiladi
Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi yoki qonunchilik bilan belgilanadi.Yuridik shaxs qonun hujjatida ro‘yxati belgilab qo‘yilgan ayrim faoliyat turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishi mumkin.Yuridik shaxsning huquqlari qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina cheklanishi mumkin. Yuridik shaxsning huquqlarini cheklash haqidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |