61. O’zbekiston respublikasining banklar va banklar faoliyati to’g’risidagi qonuni va uning mazmuni


Dunyoning eng yirik banklari va ularning tasnifi


Download 29.02 Kb.
bet8/8
Sana28.02.2023
Hajmi29.02 Kb.
#1237886
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
61-75

74. Dunyoning eng yirik banklari va ularning tasnifi
1 – Industrial & Commercial Bank of China
O‘zbekchasiga «Xitoy sanoat-tijorat banki» nomli bu ulkan moliya muassasasi o‘zining 4,009 trln dollarlik aktivlari bilan dunyo yetakchisi hisoblanadi. 1984 yilda davlat tomonidan asos solingan bu bank 2006 yilda ilk bor o‘z aksiyalarini sotuvga chiqargan va 48,4 mlrd aksiyalarini (umumiy 18 foiz) sotish ortidan 20 mlrd dollar ishlashga muvaffaq bo‘lgan.
2 – China Construction Bank Corp
Qisqartirib CCB deya ataluvchi bu bank nomida «Xitoy Qurilish Banki» degan ma'no yotadi. Asosiy idorasi Pekinda joylashgan bu bank 3,4 trln dollar aktivlarga ega va korporativ mijozlarga investitsion xizmatlar ham ko‘rsatadi. Shuningdek, g‘aznachilik sohasida ham faoliyat yuritadi va qimmatli qog‘ozlar bozoriga aralashadi. 2013 yilga qadar CCBning 10 foiz aksiyalari Bank of America ixtiyorida bo‘lgan. Bozor qiymati – 253 mlrd dollar.
3 – Agricultural Bank of China
Xitoyning bu bankini qisqartirib AgBank ham deyishadi. Bu nomni olganiga sabab asosan qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishga ixtisoslashuvidir. 3,235 trln aktivga ega bu bank 1951 yilda Cooperation Bank va the Farmers Bank tashkilotlari qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan. Bankning Xitoy bo‘ylab 25 mingdan ortiq filiallari va 330 mln nafardan ortiq mijozlari bor. Bozor qiymati – 204 mlrd dollar.
75. Pul agregatlari va pulni tartibga solish amaliyotida qo’llanilishi.
Pul muomalasining muhim ko’rsatkichi bo’lib pul massasi hisoblanadi. Pul
massasi xo’jalik oborotidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, korxonalar, davlat
tashkilot, muassasalariga tegishli xarid va to’lov vositalarining yalpi hajmini o’zida
ifodalaydi.
Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davr uchun miqdoriy
o’zgarishlarini bilish uchun, shuningdek pul massasi hajmi va o’sish su’ratlarini
tartibga solish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqarish uchun turli xil ko’rsatkichlar ( pul agregatlari) dan foydalaniladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to’plamidan (guruhidan) foydalaniladi:
M-1 agregati - muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank
schyotlaridagi mablag’larni o’z ichiga oladi;
M-2 agregati - M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg’arma
qo’yilmalaridan (to’rt yilgacha) tarkib topgan;
M-3 agregati - o’z ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit
muassasalaridagi jamg’arma qo’yilmalarini kiritgan;
M-4 agregati - M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli
sertifikatlaridan iborat.
Download 29.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling