65. Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʼi stavkalari va imtiyozlari Yer solig’i
Download 490.38 Kb.
|
65-71
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer solig’ini hisobi va to’lash tartibi
- 66. Moliyaviy nazorat mohiyati va shakllari
Yer solig’i stavkalari
Yuridik shaxslardan olinadigan Yer solig’i stavkalari Prezident Qarori bilan tasdiqlanadi. Soliq stavkalari tuprok sifatini (bonitetini) hisobga olgan holda belgilanadi. Yer resurslaridan yanada samarali foydalanish uchun Soliq stavkasi 2009 yilga nisbatan 2010 yilda 1,15 barovarga indeksasiya kilindi, ya’ni 15 foizga oshirildi. Yer solig’ini hisobi va to’lash tartibi Yer solig’i har yili 1-yanvargacha hisoblab chiqariladi va uning hisob-kitobi davlat Soliq xizmati organiga hisobot yilining 15 fevraliga kadar taqdim etiladi. Yer solig’i Soliq solinadigan baza va belgilangan stavka asosida hisoblab chiqiladi. Yil mobaynida yuridik shaxslarda yer uchastkalariga bo’lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, ulardan foydalanish huquqi yoki ijara huquqi vujudga kelganida (bekor qilinganda), shuningdek ular foydalanayotgan yer maydoni ko’paygan (kamaygan) yoki yer solig’i bo’yicha imtiyozlar huquqlari bekor qilingan (vujudga kelgan) taqdirda, yuridik shaxslar davlat Soliq xizmati organiga yer solig’ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini yer uchastkasi ajratilgan (olib kuyilgan) yoki imtiyoz huquqlari bekor qilingan (vujudga kelgan) kundan e’tiboran bir oylik muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari shart. Soliq davri mobaynida Qishloq xo’jaligi ekinlarining umumiy maydonida va tarkibida o’zgarishlar yuz bergan yagona yer solig’ini to’lashga utmagan Qishloq xo’jaligi korxonalari yer solig’ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini davlat Soliq xizmati organiga joriy yilning 1 dekabriga kadar taqdim etadi. Yer solig’i yuridik shaxslar tomonidan har chorakda, chorakni ikkinchi oyining 15-kuniga kadar teng ulushlarda to’laydi (15 fevral, 15 may, 15 avgust, 15 noyabr). 66. Moliyaviy nazorat mohiyati va shakllari Moliyaning boshqa iqtisodiy kategoriyalardan uziga xosligi uning iqtisodiy kategoriya sifatida nazorat funksiyasini bajarishi hisoblanadi. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning instrumenti hisoblanuvchi moliya taqsimlash jarayonini obyektiv aksettirib beradi. Moliyaning nazorat funksiyasi markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini tashkil qilinishi va ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha YAIMni taqsimlanish jarayonida paydo buladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy nazorat ijtimoiy va xususiy takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz rivojlanishi, ilmiy texnik tarakkiyotni tezlashuvi, iqtisodiyotning barcha sohalarida sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilanishini ta’minlashga yo‘naltirilgandir. Moliyaviy nazorat ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini hamrab oladi. Chunki moliyaning taqsimlash obyekti YAIM hisoblanib YAIM umumity tarzda 2 qismdan tashkil topadi: Moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari. Moliyaviy nazorat jamiyat iqtisodiyotidagi iqtisodiy samaradorlikni ra\batlantirish, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan okilona foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini imkoniyat darajasida iqtisod qilishga yo‘naltirilgan. Moliyaviy nazoratning muhim vazifalaridan biri moliyaviy masalalar bo‘yicha qonunchilikka rioya qilish, xujalik subyektlarining budjet tizimi, kredit tizimi, soliq tizimi hamda korxona va tashkilotlar bilan zaro hisob kitoblar va tulovlar bo‘yicha uzaro moliyaviy majburiyatlarga aniq rioya qilishni tekshirish hisoblanadi. Moliyaviy nazorat odatda 2 asosiy jihatlarda kurib o‘tiladi: 1) Barcha iqtisodiy subyektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishini nazorat qilish uchun tashkil qilingan maxsus nazorat organlarining faoliyati. 2)Moliyaviy operatsiyalarni maqsadga muvofikligi va samaradorligini ta’minlash maqsadidagi makro va mikrodarajalarda moliyaviy boshqaruv va pul okimlarini boshqarishning ajralmas elementi sifatida. Download 490.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling