Vi-mavzu. Korxonaning mehnat
Download 77.3 Kb.
|
6-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat resurslari
VI-MAVZU. KORXONANING MEHNAT RESURSLARI 6.1. Mehnat resurslarini tasniflash Sanoat taraqqiyotining muammolari umumiy majmuida uni xodimlar bilan ta’minlash masalasi, ularning manbalari, tayyorlash va kayta tayyorlash shakllarini xamda ulardan okilona foydalanish masalalarini aniklash aloxida о‘rin egallaydi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharotida sanoat korxona (firma)larini kadrlar (xodimlar) bilan ta’minlash va ulardan okilona foydalanish aloxida axamiyat kasb etadi. Kadrlar potensiali - bu, mehnat zaxirasi yoki imkoniyatidir. U jamiyat mehnat potensialining tarkibiy kismi xisoblanadi. Unda mehnat resurslarining umumiy soni va tarkibi, ma’lumot darajasi, professional kо‘nikmasi va ishlab chiqarishning u yoki bu soxasida mehnat kilish kobiliyati aks etadi. Sanoat ishlab chiqarishining muvaffakiyati pirovard natijada raxbar kadrlarning yetukligiga, bilim va ilmining darajasiga, ish malakasi xamda tashkilotchilik qobiliyatiga, ularni tо‘g‘ri tanlash, joy-joyiga kuyish va tarbiyalashga bog‘likdir. Ishlab chiqarish-xо‘jalik faoliyatining har qanday soxasida, shu jumladan, sanoat tarmog‘ida ham natijalilik, samaradorlik kо‘p jihatdan о‘rta bо‘g‘in kadrlarga bog‘liq. Ular raxbarlarning eng kо‘p sonli kategoriyasi bо‘lib, ishlab chiqarishga hammadan yaqinroq turadilar. Shu boisdan respublikada о‘rta bо‘g‘in kadrlarga alohida axamiyat beriladi. Mustaqillik yillarida xalq xо‘jaligining barcha soxalari uchun yuksak malakali kadrlar tayyorlash borasida juda katta ishlar qilindi. Milliy iqtisodning, jumladan, sanoatning hal qiluvchi uchastkalariga rahbarlik izlanuvchan, yangilikka intiluvchi, fidoyi, tafakkuri о‘tkir, tashkilotchilik kobiliyati zо‘r, о‘z ishini yaxshi biladigan mutaxassislar qо‘lida jamlangandir. Mehnat resurslari – mehnatga layoqatli yoshda bо‘lgan mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan tashqari yoshda (pensionerlar va о‘smirlar) mehnat qilayotgan shaxslarning jamlanmasidir. Xalqaro Mehnat Tashkiloti uslubiyotiga muvofiq iqtisodiy faol aholi iqtisodiy faolligini belgilash uchun о‘rnatilgan yoshda (15-72 yosh) bо‘lgan, tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar kо‘rsatish uchun ish kuchi taklif etilishini ta’minlaydigan aholi qismidir. Iqtisodiy faol aholiiqtisodiy faoliyatining barcha sohalarida ish bilan band bо‘lganlar va ishsizlarni qamrab oladi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti aholi iqtisodiy faolligini belgilash uchun о‘rnatilgan yoshda bо‘lgan, ish bilan band bо‘lmaganlar, lekin ish qidirmayotganlar va ishlashga tayyor emaslarni iqtisodiy faol bо‘lmagan aholi tarkibiga kiritadi. О‘zbekiston Respublikasi statistika organlari iqtisodiy faol aholiatamasini 1993 yildan e’tiboran faol qо‘llashga kirishgan. Mamlakatda amaldagi qonunchilikka muvofiq,iqtisodiy faol aholierkaklar uchun 44 yilni (16 yoshdan 60 yoshgacha), ayollar uchun esa 39 yilni (16 yoshdan 55 yoshgacha) tashkil etadi. Iva II guruh nogironlar hamda imtiyozli pensiya oluvchilar bundan istisnodir. Download 77.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling