Vi-mavzu. Korxonaning mehnat
-jadval Mehnat resurslari va ular bilan bog‘liq tushunchalar
Download 77.3 Kb.
|
6-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat resurslarining miqdor kо‘rsatkichlari
6.1-jadval
Mehnat resurslari va ular bilan bog‘liq tushunchalar
О‘zbekistonda iqtisodiy faol bо‘lmagan aholitarkibigamehnat qilishga qobiliyatli va ishsiz deb hisoblanmaydigan shaxslar, shu jumladan: • ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan hamda ish haqiga yoki mehnat daromadiga ega bо‘lmagan о‘quvchilar va talabalar; • ishlamayotgan uchinchi guruh nogironlari; • uybekalari hamda bolalarni parvarish qilish bilan band bо‘lgan ishlamayotgan ayollar; • kо‘char va kо‘chmas mulkdan daromad olayotgan ishlamayotgan shaxslar; • ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band bо‘lmagan shaxslar kiradi. Amerikalik iqtisodchi olimlar K.R. Makkonnell va S.L.Bryular iqtisodiy о‘sishga ta’sir kо‘rsatuvchi omil sifatida mehnat resurslarining miqdori va sifatini alohida ajratib kо‘rsatishadi. Ular nazariyasiga muvofiq mehnat resurslarining miqdori iqtisodiyotda band bо‘lgan kishilar soni hamdaularning mehnatga layoqatli aholi tarkibidagi ulushi bilan belgilanadi. Mehnat resurslarining sifatini ifodalovchi va mehnat unumdorligiga ta’sir kо‘rsatuvchi omillar sifatida esa kishilar salomatligining yaxshilanishi, kasb tayyorgarligi, bilimi va manfaatdorligining о‘sishi kо‘rsatkichlari keltiriladi1. Mehnat resurslari miqdor va sifat kо‘rsatkichlariga egadir. Mehnat resurslarining miqdor kо‘rsatkichlari quyidagilardan iboratdir: • mehnatga layoqatli aholining umumiy soni; • tarkib topgan mehnat unumdorligi va intensivligi sharoitlarida ish bilan band aholi ishlab beradigan ish vaqti. Mehnat resurslarining sifat kо‘rsatkichlari quyidagilardan iboratdir: • mehnatga layoqatli aholining salomatligi, jismoniy layoqatligi; •mehnatga layoqatli aholining bilim va kasbiy-malaka tayyorgarligi darajasi. Mehnat resurslarining miqdor va sifat kо‘rsatkichlari jamlanmasi mehnat salohiyatini tashkil etadi. Mehnat resurslari quyidagi xususiyatlarga egadir: 1. Ular ish beruvchi bilan ajralmas yaxlitlikda, ana shu xodimlarga ish haqi kо‘rinishida quyidagicha daromad keltiradi: mehnat foliyati+ bilim, tajriba, malaka = daromad. 2. Agar xodimlarning mehnat qobliyatidan uzoq vaqt davomida foydalanilmasa, vaqt о‘tishi sari ularning mehnati samaradorligi pasaya boshlaydi. Mehnat qobiliyati – bu birorfaoliyatni amalga oshirish kо‘nikmasidir. Vaqt о‘tishi bilan nazariy bilimlar yoddan chiqadi va eskiradi, tajriba ham yо‘qoladi. Mehnat qobiliyatini yо‘qotmaslik uchun undan muttasil foydalanish bilan birga bu salohiyatni yanada oshirish uchunyangi bilimlarni egallash, tajribani oshirish talab qilinadi. Mehnat resurslarining quyidagi toifalari farqlanadi: • ishchilar – ular ishlab chiqarishda bevosita mahsulot tayyorlash va iste’molchilarga yetkazib berishda ishtirok etayotgan, shuningdek mashina–uskunalarni sozlash, ta’mirlash va hokazolar bilan shug‘ullanadiganxodimlardir; • mutaxassislar – muayyan ixtisoslikka ega va shu sohada ishlab chiqarishda mehnat jarayoninnitashkil etuvchilardir; • rahbarlar– xodimlar mehnat faoliyatini uyushtiradigan ishlab chiqarish tashkilotchilaridir. Mehnat resurslari(ularning eltuvchisi hisoblangan xodimlar) о‘z shaxsiy xususiyatlariga egadir. Ushbu xususiyatlar qatorida quyidagilarni keltirish mumkin, ya’ni u: • mehnat sharoitlaridan voz kechish; • о‘z xohishiga kо‘ra ishdan bо‘shash; • mehnat samaradorligini mehnat sharoitlaridan qat’i nazar о‘zgartirish; • bilimlarini oshirish, mutaxassisligini о‘zgartirish; • hududiy bog‘liq bо‘lish; • ijtimoiy jihatdan turlicha bо‘lish; • mehnat resurslariga chiqimlar – muzokaralar mavzusi ekanligini anglash; • kapital bilan о‘rnini almashtira olish va boshqalar. Download 77.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling