Vi-mavzu. Korxonaning mehnat


Mehnat unumdorligining darajasi


Download 77.3 Kb.
bet7/10
Sana04.02.2023
Hajmi77.3 Kb.
#1165922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-MAVZU

Mehnat unumdorligining darajasini (Mu) aniqlashda xodimlarning vaqt birligi davomida (soat, kun, hafta, oy, yil davomida) (Vb) bajarilgan ish hajmi (mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar kо‘rsatish) (Ih) kо‘rsatkichlaridan foydalaniladi.YA’ni mehnat unumdorligining darajasi quyidagi hosiladir:


Mu =Ih : Vb

Buning teskarisi mehnat sig‘imi (Ms) darajasini anglatadi, ya’ni:




Ms =Vb : Ih

Iqtisodiy adabiyotdaamaldagi, mavjud va potensial mehnat unumdorligi farqlanadi.


Amaldagi mehnat unumdorligi(Mua) bevosita muayyan mahsulot turini ishlab chiqarish (xizmat kо‘rsatish) hajmi (Imh) uchun amalda sarflangan ish vaqti (Vba) birligiga nisbatidir:


Mua = Imh : Vba
Mavjud mehnat unumdorligi(Mmu) joriy sharoitlarda (masalan, faqat mavjud resurslar va ishlab chiqarish vositalari bilan) agar mehnatjarayonida ish vaqti mutlaqo yо‘qotilmagan (Vbay) taqdirda qancha mahsulot (Imhj) ishlab chiqarish (xizmatlar kо‘rsatish) imkoniyati borligini aniqlab beradi:


Mmu = Imhj : Vbay


Potensialmehnat unumdorligi (Mmp)joriy sharoitlardatalab qilinadigan eng kam vaqt birligida (Vbek)qancha miqdorda muayyan mahsulot (Imhj) turini ishlab chiqarish (xizmat kо‘rsatish)imkoniyati mavjudligini kо‘rsatadi:


Mmp = Imhj : Vbek

Bir xodim tomonidan bajarilgan ish miqdori mahsuldorlik bilan о‘lchanadi. Mahsuldorlik kо‘rsatkichi orqali bajarilgan har qanday ish (tovarlar ishlab chiqish, ularni sotish yoki xizmatlar kо‘rsatish) hajmini aniqlasa bо‘ladi.


Mahsuldorlik (M) bajarilgan ish hajmining (Ih) unga sarf qilingan vaqtga (Vb) nisbati sifatida aniqlanadi:


M = Vb : Ih


Mahsuldorlik turli vaqt birliklari uchun hisoblab chiqilishi mumkin. Umuman, ushbu mahsuldorlik quyidagi vaqt birliklariga nisbatan aniqlanadi:
1. Har bir soat о‘rtachamahsuldorligi.Bu ishlab chiqarilgan mahsulot (kо‘rsatilgan xizmat) hajminingmehnat faoliyati amalga oshirilgan mazkur vaqt birligiga nisbatidir:


Har bir soat о‘rtachamahsuldorligi = Ishlab chiqarilgan mahsulot (kо‘rsatilgan xizmat) hajmi : mehnat faoliyati amalga oshirilgansoat



Download 77.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling