65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Olinadigan schotlarning (4000) bog‘lanishi


Download 0.8 Mb.
bet41/128
Sana25.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1227845
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   128
Bog'liq
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Olinadigan schotlarning (4000) bog‘lanishi

Olinadigan schotlar tovarlar, tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun debitorlik qarzi bo‘yicha xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ular quyidagi schotlardan iborat:


4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar";
4020 "Olingan veksellar".
Ushbu schotlarning debeti bo‘yicha asosiy (operatsion) faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi schotlar (9000), asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schotlar (9200) va asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schotlar (9300) bilan bog‘langan holda xaridorlar (buyurtmachilar)ga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha summalar aks ettiriladi.
Ushbu schotlarning krediti bo‘yicha esa pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda kelib tushgan to‘lovlar, olingan bo‘naklar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar, dargumon qarzlar bo‘yicha zaxiralar hisobiga umidsiz debitorlik qarzlarini hisobdan chiqarish summalari aks ettiriladi.

T/r

Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni



Bog‘lanuvchi schotlar



Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar



debet



kredit



1

Xaridorlar va buyurtmachilarga taqdim etilgan schotlar bo‘yicha tayyor mahsulot sotilishi aks ettirilgan



4010

9010

Yukxat, hisobvaraq-faktura



2

Xaridorlarga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha QQS summasi aks ettirilgan



4010

6410

Yukxat, hisobvaraq-faktura



3

Xaridorlar va buyurtmachilarga taqdim etilgan schotlar bo‘yicha tovarlar sotilishi aks ettirilgan



4010

9020

Yukxat, hisobvaraq-faktura



4

Xaridorlar va buyurtmachilarga taqdim etilgan schotlar bo‘yicha tovarlar, ish va xizmatlar sotilishi aks ettirilgan



4010

9030

Yukxat, hisobvaraq-faktura, qabul qilishtopshirish dalolatnomasi, bajarilgan ishlar dalolatnomasi



5

Asosiy vositalar sotilishi munosabati bilan xaridorlarning qarz summalari aks ettirilgan



4010

9210

Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi



6

Xaridorlar va buyurtmachilarga boshqa aktivlar sotilishi munosabati bilan ularning qarz summasi aks ettirilgan



4010

9220

Qabul qilishtopshirish dalolatnomasi, yukxat



7

Kurs farqlarini jamg‘arish usulida olinadigan schotlar bo‘yicha musbat kurs farqi aks ettirilgan



4010

6230

Kurs farqining hisob-kitobi



8

Kurs farqlarini to‘g‘ri hisobdan chiqarish usulida olinadigan schotlar bo‘yicha musbat kurs farqi aks ettirilgan



4010

9540

Kurs farqining hisob-kitobi



9

Olinadigan veksellar bo‘yicha musbat kurs farqi aks ettirilgan:









Kurs farqining hisob-kitobi






- to‘g‘ri hisobdan chiqarish usuli bo‘yicha



4020

9540







- jamg‘arish usuli bo‘yicha



4020

6230




10

Mol yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan xaridorlar o‘rtasidagi o‘zaro qarzlarning hisob-kitobi aks ettirilgan



6010, 6020

4010

Ayirboshlash (barter) kontrakti



11

Korxona bilan ajratilgan bo‘linma o‘rtasidagi qarzlarning o‘zaro hisob-kitobi aks ettirilgan



6110, 6120

4010

Ayirboshlash (barter) kontrakti



12

Xaridorlar va buyurtmachilardan kassaga summalarning kelib tushishi aks ettirilgan



5010

4010

Kirim kassa orderi



13

Xaridorlarga va buyurtmachilarga sotilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ulardan hisob-kitob schotiga to‘lovlar kelib tushgan



5110

4010

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



14

Xaridorlarga va buyurtmachilarga sotilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ulardan valyuta schotiga to‘lovlar kelib tushgan



5210

4010

Valyuta schotidan bank ko‘chirmasi



15

Xaridorlarga va buyurtmachilarga sotilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ulardan bankdagi maxsus schotga to‘lovlar kelib tushgan



5530

4010

Maxsus schotdan bank ko‘chirmasi



16

Yuklab jo‘natilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xaridorlarga da’volar taqdim etilgan



4860

4010

Mol yetkazib berish shartnomasi, yukxat, dalolatnoma



17

Xaridorlarga schotlar taqdim etilganda, ularga yetkazib berilgan tayyor mahsulot, tovarlar va bajarilgan ishlar uchun oldindan olingan bo‘naklarning o‘zaro hisob-kitob qoplangan summalari aks ettirilgan



6310

4010

Kontrakt, buxgalteriyaning ma’lumotnomasi



18

Xaridorlar va buyurtmachilarning qoplanmaydigan qarzlari zararga hisobdan chiqarilgan



9430

4010

Buxgalteriyaning ma’lumotnomasi



19

Jamg‘arish usulida olinadigan schotlar va veksellar bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan



3290

4010, 4020

Kurs farqining hisob-kitobi



20

To‘g‘ri hisobdan chiqarish usulida olinadigan schotlar bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan



9620

4010

Kurs farqining hisob-kitobi

21

Olinadigan veksellar bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan:









Kurs farqining hisob-kitobi






- to‘g‘ri hisobdan chiqarish usuli bo‘yicha



9620

4020







- jamg‘arish usuli bo‘yicha



3290

4020




22

Xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobiga hisobdan chiqarilgan



4910

4010

Buxgalteriyaning ma’lumotnomasi



23

Debitorlik qarzi hisobiga veksel olingan



4020

4010

Shartnoma, veksel



24

Qoplash davomida foizlar nazarda tutilgan olingan veksellar bo‘yicha qarz qoplangan



5110, 5210

4020

Bank ko‘chirmasi



25

Olingan veksellar bo‘yicha qarzlar dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv hisobiga qoplangan



4910

4020

Buxgalteriyaning ma’lumotnomasi



26

Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan veksellar bo‘yicha qoplanmaydigan qarzlar zararga hisobdan chiqarilgan



9430

4020

Buxgalteriyaning ma’lumotnomasi



27

Tovarlar va tayyor mahsulotlar uchun olingan veksellarni uzoq muddatli qismidan joriy qismiga o‘tkazish aks ettirilgan



4020

0910

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati




Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling