69 yilligi munosabati bilan o’tkaziladigan “El ardog’idagi shoir” nomli


F.I. SH  ijro etadi. 2-boshlovchi


Download 246.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana07.05.2023
Hajmi246.93 Kb.
#1440361
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
M.YUSUF senariysi

F.I. SH 
ijro etadi.
2-boshlovchi:
Ajoyib qo’shiq uchun rahmat

Muhammad Yusuf kitoblarini 
varaqlasangiz, qulog’ingiz ostida qo`shiq yangrab turgandek har bir she’rni zavq-shavq 
bilan o`qiysiz. Qat-qatidagi ichki dardga sherik bo`lasiz. U Vatanni farzand diliga 
qanchalik yaqin va bir butunligidan kelib chiqib madh eta olgan. 
Hozir mamnuniyat bilan davramiz markaziga 
Xalima Xudoyberdiyeva nomli ijod 
maktabi
dan tashrif buyurgan ijodkor tengdoshlaimizni taklif qilamiz. 
Marhamat…!
1-boshlovchi:
Ijodkor tengdoshlarimizga davramizga qo’shgan o’zgacha ko’tarinki 
kayfiyat uchun minnatdorchilik bildiramiz
.
Atoqli shoirimiz Muhammad Yusufga mustaqil yurtni, ozod xalqni ko`rish nasib 
etdi. Yurtning eng ulug` bayramlarida uning qo`shiqlari baralla yangraydigan bo`ldi.
2-boshlovchi: 
Shu o`rinda ta’kidlash kerakki, hurmatli Birinchi Prezidentimiz Islom 
Karimovning bu kamsuqum shoirga shaxsan yuksak e’tiborini alohida aytib o`tishimiz 
lozim. Shoir Muhammad Yusufga 1-Prezidentimizning mehrlari bobomiz Ulug`bek 
haqidagi qo`shiqni eshitgan paytlaridayoq tushgan edi. 
“O’zbekiston Xalq shoiri” 
unvonini ham mamnuniyat bilan Muhammad Yusufga o`zlari topshirgan edilar. (shu 
qo’shiq past ovozda qo’yiladi.) 
1-boshlovchi:
Bugungi 
tadbirimizga 
viloyatimizning 
turli 
maskanlaridan 
mehmonlar tashrif buyurgan. Hozirgi navbatni mamnuniyat bilan O’zbek konsert davlat 
muassasasi Sirdaryo viloyat bo’limining bir guruh ijodkorlariga beramiz. 
MARHAMAT…!
2-boshlovchi: 
O’zbek konsert davlat muassasasi Sirdaryo viloyat bo’limi 
ijodkorlariga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ijodingizda ulkan zafarlar tilaymiz. 


1-boshlovchi:
Muhammad Yusuf baxtli, omadli shoirlardan edi. Muhammad Yusuf 
kamdan-kam tug`iladigan iste’dod egasi bo`lish bilan birga, kamdan-kam shoirda 
uchraydigan xislat egasi-shuhratdan qochadigan kamsuqum inson edi. U shuhratning 
emas, shuhrat uning ortidan quvib yurardi. 
2-boshlovchi: 
Xulosa qilib, Muhammad Yusuf o`z ovozi, uslubiga ega san’atkorga 
aylanib, adabiyotda takrorlanmas iz qoldirdi, deb baralla ayta olamiz

1-boshlovchi:
Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligiga bag`ishlab o`tkazilgan 
kechamizning aziz mehmoni bo`lganingizdan va ishtirok etganingizdan minnatdormiz

2-boshlovchi: 
Hurmatli mehmonlar va qadrli o`quvchilar, keling hozir Muhammad 
Yusufning xotirasini yod etib, hammamizga yod bo`lib ketgan «Fidoying bo`lgaymiz-
O`zbekiston» qo`shig`ini birgalikda ijro etaylik. 
Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni, 
Oq yuvib oq taragansan o`zing bizni. 
Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib, 
Kunimizga yaragansan o`zing bizni. 
Fidoying bo`lgaymiz seni,O`zbekiston, 
Hech kimga bermaymiz seni O`zbekiston!… 
Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joninga, 
Alpomishlar ruhi yor har o`g`loninga. 
Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib, 
Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oninga. 
Adoyining bo`lgaymiz seni, O`zbekiston, 
Hech kimga bermaymiz seni O`zbekiston!… 
Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi, 
Ko`zlaringa ikki dunyo tor bo`ladi. 
Shodon daming ko`rolmagan yurtfurushlar, 
Bir kun bir kaft tuprog`ingga zor bo`ladi. 
Yoningda turgaymiz seni, O`zbekiston, 
Hech kimga bermaymiz seni O`zbekiston!… 



Download 246.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling