69 yilligi munosabati bilan o’tkaziladigan “El ardog’idagi shoir” nomli
Download 246.93 Kb. Pdf ko'rish
|
M.YUSUF senariysi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi: Endigi navbatni markazimiz o’quvchilari ijrosida shoir so’zi bilan Vatanni madh etuvchi “Iqror”
- MARHAMAT…! 2-boshlovchi
2-boshlovchi
: Navbatni shunday qo’shiqlardan biriga ya’ni M.Yusuf she’ri asosida kuylangan “Ko’klamoyim” qo’shig’iga beramiz. Raqsida markazimiz o’quvchisi Jamolova Gavharxon . 1-boshlovchi: Chiroyli raqsingiz uchun uchun rahmat.. Muhammad Yusuf xalq dardini tushunardi, Xalq uchun, Vatan uchun, Mustaqillik uchun yonib ijod qilgan. Shu bilan birga inson qalbining tub-tubidagi dardini topib yoza olardi. 2-boshlovchi: Muhammad Yusuf degan shoir she’riyatga qanday kirib kelganini adabiyotimiz sezmay ham qoldi. Ammo u tezda, hammani hayron qoldirib, og`izga tushib ketdi. Uning yozganlari nihoyatda dolzarb mavzuda, o`ta jiddiy, ammo xalq diliga juda yaqin va ravon tilda yozilardi. U qo`shiqlari bilan emas, avvalo xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech kimga o`xshamagan misralarda ta’riflagan she’rlari bilan tanildi, shuhrat qozondi. 1-boshlovchi: Endigi navbatni markazimiz o’quvchilari ijrosida shoir so’zi bilan Vatanni madh etuvchi “Iqror” she’ridan bahra olamiz. 1-o’quvchi: O, ota makonim, Onajon o‘lkam, O’zbekiston, jonim to‘shay soyangga. Senday mehribon yo‘q, Seningdek ko‘rkam. Rimni alishmasman bedapoyangga. 2-o’quvchi: Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar, Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar. Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb, Tog‘laring ortimdan ergashib yurar. 3-o’quvchi: Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin. Yo xudbinman men, yo bir sodda kasman men – Parijning eng go‘zal restoranlarin Bitta tandiringga alishmasman men. 4-o’quvchi: Na gapga ko‘nayin, Na til bilayin, Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat – Uch kunda sog‘insam nima qilayin, Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat. 5-o’quvchi: Bildimki, baridan ulug‘i o‘zing, Bildimki, yaqini shu tuproq menga. Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing, Arab ohusidan azizroq menga. 6-o’quvchi: Sen bilan o‘tgan har kun bayramdir - bazm, Sensiz bir on qolsam, vahmim keladi. Seni bilganlarga qilaman ta’zim, Seni bilmaslarga rahmim keladi. 1-boshlovchi: Bugungi tadbirimizga viloyatimizning turli maskanlaridan mehmonlar tashrif buyurgan. Hozirgi navbatni mamnuniyat Guliston ixtisoslashtirilgan san’at maktabidan tashrif buyurgan bir guruh ijodkorlariga beramiz. MARHAMAT…! 2-boshlovchi: Guliston ixtisoslashtirilgan san’at maktabi ijodkorlariga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ijodingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Navbatni markazimiz o’quvchilari ijrosida Muhammad Yusuf qalamiga mansub Download 246.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling