Samimiy so’zlaringiz uchun rahmat. Endi navbatni atoqli shoirimiz
M.Yusufning hayot va ijodidan qisqacha ma’lumotlar berish uchun davraga markazimiz
o’quvchilarini taklif qilamiz.
Marhamat.
1-o`quvchi.
Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani,
Qovunchi qishlog`ida, dehqon oilasida dunyoga keladi. 1974 yilda Toshkentdagi Rus tili
va adabiyoti institutiga o`qishga kiradi. 1978-1980 yillar Respublika kitobsevarlar
jamiyatida, 1980-1986 yillar esa
“Toshkent oqshomi”
gazetasida ishlagan
.
2-o`quvchi.
1986-1992 yillar G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida,
1992-1995 yillar
“O`zbekiston ovozi”
gazetasida ishlagan. 1995-1996 yillar O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o`qigan.
3-o`quvchi.
1998 yilda
“O`zbekiston xalq shoiri
” unvoniga sazovor bo`lgan. 1997 yildan to
vafotigacha O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o`rinbosari lavozimida faoliyat
ko`rsatgan.
4-o`quvchi.
Shoirning ilk to`plami
“Tanish teraklar”
nomi bilan 1985 yilda nashr etildi. 1987
yildan to 2004 yilga qadar uning
“Bulbulga gapim bor”
,
“Iltijo”,
“Uyqudagi qiz”
,
“Xalima enam allalari”
,
“Ishq kemasi”
,
“Ko`nglimda bir yor”
,
“Bevafo ko`p ekan”
,
“Erka kiyik”
,
“Yolg`onchi yor”
,
“Osmonimga olib ketaman”, ”Saylanma”
kabi
asarlari nashr qilingan.
1-boshlovchi:
Rahmat aziz o’quvchilar.
Muhammad Yusuf atalmish shoir
ustozlari, yaqinlari, farzandlari xotirasida yaxshi ishlari, xokisorligi, mehrliligi bilan
muhrlanib qolgan bo`lsa, shaxsan tanigan-tanimagan muxlislari tasavvurida yig`latadigan,
o`ylatadigan, ezgulikka yetaklaydigan she’ru-qo`shiqlari bilan yashab qoladi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |